Mourinyuni Turkiyaga taklif qilishdi
15 may 00:25
Yangiliklar
Mourinyuni Turkiyaga taklif qilishdi
Portugaliya mutaxassis yangi ish joyi bo'yicha muzokara o'tkazgan.
"Fenerbaxche" sobiq prezidenti Aziz Yildirim navbatdagi saylovlarda prezidentlikka nomzodini qo'yishini malum qildi.
Yildirim portugaliyalik murabbiy Joze Mourinyu bilan ikki soat suhbatlashganini taqidladi: “O'tgan hafta shaxsan Mourinyu bilan uchrashdim. Ikki soatlik suhbatimiz yakunida men unga: Fenerbaxche senga, sen esa Fenerbaxchega kerak deb aytdim”.
SHuningdek, u prezidentlik saylovlarida kim g'alaba qozonishidan qati nazar, Mourinyuni Fenerbahchega kelishga undaganini qo'shimcha qildi.
Fikrlar