So’nggi yangiliklar

23:15АПЛ. "Вест Хэм" - "Челси". Лондон дербиси учун асосий таркиблар маълум!  0 22:59Абдурауф Бўриев: "Мураббийлар берган тактикани яхши бажардик"  2 22:30Ҳожимат Эркинов: "Андижонлик мухлисларга раҳмат, яхши атмосфера яратиб беришди"  2 22:08Максим Шацких: "Жамоамизда "Андижон" даражасига мос бўлмаган футболчилар бор"  43 21:58Суперлига. Қизил карточка кўрсатилган ва гол инобатга олинмаган ўйинда "Қизилқум" ва "Бунёдкор" муросага келди  22 21:47Камолиддин Тожиев: "Майдонда ўн киши қолиб ҳам ўзимизни кўрсата олдик"  11 21:03Суперлига. "Бобур Арена"да дарвозаларга 8 та гол урилган оқшомда "Пахтакор" "Андижон" устидан ғалаба қозонди  249 20:10Бу йил Супелигада ким чемпион бўлади? Сунъий интеллект жавоб берди  20 19:51"Реал" "Кристал Пэлас" ярим ҳимоячисига кўз тикди  5 19:22"Эвертон" "Манчестер Сити" ҳимоячисига даъвогар  0 18:49МЮ ҳужумчисини "Наполи"га қўйиб юборишга тайёр  1 18:20Агуэро: "Ўзимни мураббий сифатида тасаввур қилолмайман"  2 17:48"Тоттенхэм" ярим ҳимоячиси 2026 йилгача майдонга тушмайди  0 17:25"Нефтчи" "Машъал"га ҳеч қандай имкон қолдирмаган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  2 17:06"Реал" бош мураббийи икки ҳимоячига ишонмаяпти  7

Mourinyu sabab "CHelsi"dan ketgan 10 yulduz Yangiliklar

Mourinyu sabab "CHelsi"dan ketgan 10 yulduz

Jahonning eng kuchli murabbiylaridan biri Joze Mourinyu anchadan buyon ishsiz yuribdi.

Portugaliyalik murabbiy Londonning "CHelsi" klubida ishlagan paytida quyidagi futbolchilar jamoani tark etishga majbur bo'lishgandi. 


Petr CHex. Mourino CHexning ketishini uncha istamagan. Biroq, Tibo Kurtua sabab chexiyalik posbon jamoada qolishni istamagan. SHuningdek, suratda Eva Karneyro ham bor...


David Luis. Braziliyalik himoyachining Mour bilan "yulduzi yulduziga to'g'ri kelmagan". Bu orada esa PSJdan himoyachi uchun 50 millionlik taklif chiqqan.


Felipe Luis. "Atletiko"dagi yorqin o'yinlari sabab harid qilingan futbolchi bir yildan so'ng yana sobiq jamoasiga qaytib ketgan



Rayan Bertran. 7 marotaba boshqa jamoaga ijaraga berilgan "CHelsi" tarbiyalanuvchisi Mourinyuga maqul kelmagan va "Sautgempton"ga sotib yuborilgan.



Kevin de Bryuyne. Mourning katta xatolaridan biri. "Volfsburg"ga 16,5 million funtga sotib yuborilgan futbolchi Bundesliganing eng yaxshi futbolchilaridan biriga aylanadi. So'ngra "Manchester Siti" belgiyalik futbolchini 55 million funt evaziga harid qilgan. (De Bryuynening oldidagi futbolchi esa Demba Ba turibdi, u ham jamoadan o'rin ola bilmagan).



Xuan Mata. Mourinyu kelgunicha ispaniyalik futbolchi ketma-ket ikki mavsum "CHelsi"ning eng yaxshi futbolchisi bo'lgandi. Portugaliyalik murabbiy uni "Manchester Yunayted"ga sotib yuborgan.



Muhammad Salah. Ushbu futbolchi ham Mourinyu qo'l ostida o'zini ko'rsata olmagan.



Andre SHyurrle. Umuman olganda yomon futbolchi emas. Mourinyu "CHelsi"ga qaytganida birinchilardan bo'lib aynan SHyurrleni harid qilgandi. Ammo, lekin, biroq...



Xuan Kuadrado. Kolumbiyalik futbolchiga "CHelsi"da deyarli imkon berilmagan...



Romelu Lukaku. Negadir portugaliyalik murabbiy ushbu futbolchiga har doim ham imkon beravermagandi.




sports.ru sayti asosida tayyorlandi

Reyting: -8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика