So’nggi yangiliklar

18:51Жамшид Искандеров: "Йигитлар эртанги ўйинга 100 фоиз тайёр!"  3 18:39Аббос Файзуллаев - ЦСКАнинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси  3 18:22ЎФА ходими: Файзуллаев эртанги ўйинга тайёр   8 17:43Роналду "Барселона" футболчиси билан ҳазиллашди  4 17:25"Барселона" раҳбарияти Хавидан iPhone ва iPad'ларни қайтаришни сўрамоқда  9 17:01Испаниянинг мағлубиятсиз серияси нечта ўйинга етди?   1 16:45Аббосбек Файзуллаев эртага майдонга туша оладими?!  17 16:41Тошкентга келган БАА ҳужумчиси охирги уч ўйинда дарвозага умуман аниқ зарба бермади  11 16:36"Арсенал"ни стандартлар бўйича Европанинг энг кучли жамоасига айлантирган мураббий  1 16:20"Барселона" "Арсенал"дан текинга футболчи олмоқчи  0 16:01Симеоне январда кетмоқчи эмас  0 15:42Иньеста ростдан ҳам "Реал"га мухлис бўлганми?  4 15:21Холанд журналистлардан узр сўради  2 14:54"Ливерпуль" футболчисининг голи Жек Грилишга 500 фунтга тушди  2 14:20Погба Франция чемпионатига қайтишга яқин  1

Mourinyu "Milan" bilan o'yindagi hakamlik haqida: "Roma" muxlislariga hurmatsizlik g'azablantirdi" Yangiliklar

Mourinyu "Milan" bilan o'yindagi hakamlik haqida: "Roma" muxlislariga hurmatsizlik g'azablantirdi"

Kecha tunda Italiya A Seriyasi 11-turi doirasida "Roma" jamoasi o'z maydonida "Milan"ga imkoniyatni boy berib qo'ydi - 1:2.

Uchrashuvdan so'ng rimliklar ustozi Joze Mourinyu hakamlarning ishidan norozi ekanligini yashirib o'tirmadi. Rim klubi futbolchilari Zlatan Ibragimovich ularning jarima maydonchalarida yiqilganidan so'ng penalti belgilanganidan keskin norozi bo'lishdi.

Portugaliyalik hakamlarni to'g'ridan-to'g'ri tanqid qilmadi, lekin ularni Rim klubi ishqibozlariga hurmatsizlikda aybladi.

"Roma" muxlislariga hurmatsizlik meni g'azablantirdi. "Milan"ni tabriklayman, bundan ortiq gapirishni xohlamayman. "Roma" muxlislari va klubimizni yaxshi ko'radigan hammaga nisbatan hurmatsizlikdan g'azabdaman. O'yinchilarimni kiyinish xonasida ushlab turdim, ularga hakamlarni yoniga borishga imkon bermadim. Biz hissiyotlarimiz nazoratini saqlab qola oldik", - deya Mourinyuning so'zlarini keltirdi "Football Italia".


Eslatib o'tamiz, hamyurtimiz Eldor SHomurodov kechagi bellashuvning 80-daqiqasida himoyachi Rik Karsdorpning o'rniga zaxiradan maydonga tushirildi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика