"Liverpul" Kezani Chempionlar Ligasi ro'yxatiga kiritadi. UEFA qoidalarga o'zgartirish kiritgan
25 sen 00:54
Yangiliklar
"Liverpul" Kezani Chempionlar Ligasi ro'yxatiga kiritadi. UEFA qoidalarga o'zgartirish kiritgan
27 yoshli italiyalik qanot hujumchisi dastlab "qizillar"ning ECHL ro'yxatiga kiritilmagan edi. Federikoning o'zi bu holat bo'yicha shunday dedi: "Achinarliysi, har bir futbolchi u erda o'ynashni orzu qiladi. Murabbiyga "hech qanday muammo yo'q," dedim. Men professionalman va "Liverpul"da o'ynayotganimdan baxtiyorman".
Bugun malum bo'lishicha, 18 yoshli himoyachi Jovanni Leonining tizza boylami uzilib ketgan va u bir necha oy maydondan chetda qoladi. Italiyalik futbolchi "Liverpul" safidagi ilk o'yinida - Angliya Liga kubogi doirasida "Sautgempton"ga qarshi o'tkazilgan uchrashuvda (2:1) jarohat olgan edi.
Fabricio Romanoning xabar berishicha, "Liverpul" Leonining jarohatidan so'ng Kezani Chempionlar ligasi ro'yxatiga kiritadi.
"Liverpool Echo" nashrining aniqlashtirishi bo'yicha, UEFA joriy turnir boshlanishidan oldin qoidalarga o'zgartirish kiritgan - endi klublarga futbolchi jiddiy jarohat olgan yoki uzoq muddatli kasal bo'lgan taqdirda (kamida 60 kun) ro'yxatda bitta o'zgarish kiritishga ruxsat beriladi. Ushbu qoida umumiy bosqichning 6-turiga qadar amal qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar