Mourinyu: "Dibala bilan va Dibalasiz "Roma" butunlay boshqa-boshqa jamoa"
14 noy 2022 00:43
Yangiliklar
Mourinyu: "Dibala bilan va Dibalasiz "Roma" butunlay boshqa-boshqa jamoa"
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyu A Seriya doirasida "Torino"ga qarshi durang (1:1) haqida gapirdi.
Rimliklar qo'shib berilgan vaqtda Nemanya Matichning harakatlari evaziga hisobni tenglashtirishib, so'nggi daqiqalarda mag'lubiyatdan qutilib qoldi.
"Bugungi o'yin ikki qismga bo'lingandi - 70-daqiqagacha va undan keyin. "Roma" muxlislari maydonni tark etishga hozirlik ko'rishayotgandi, ammo so'nggi 20 daqiqada biz avvalgi to'rt-beshta o'yindagidan ko'ra ko'proq imkoniyatlar yaratdik. Nega bunday bo'ldi? Javob oddiy - Dibala 70-daqiqada maydonga tushdi. "Roma" Paulo bilan va usiz ikki xil jamoaga aylanmoqda. Agar u jarohat olmaganida, ko'proq ochko to'plagan bo'lardik", - dedi portugaliyalik murabbiy.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar