Mourinyu "Atalanta"ga qarshi o'yinda maydonga tushib, raqibni haqorat qilgani uchun bitta o'yinga chetlatildi
20 sen 2022 23:20
Yangiliklar
Mourinyu "Atalanta"ga qarshi o'yinda maydonga tushib, raqibni haqorat qilgani uchun bitta o'yinga chetlatildi
Bundan tashqari Mauricio Sarri ham chetlatildi.
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyu "Atalanta"ga qarshi o'yinda qizil kartochka olgandi. Portugaliyalik murabbiy o'shanda belgilanmagan penalti uchun hakamga o'z noroziligini bildirgandi. A Seriya bayonotida esa Mourinyu maydonga yugurib chiqqani va raqib o'yinchisini haqorat qilgani uchun bitta o'yinga chetlatilgani malum qilingan. Bu holatni to'rtinchi hakam qayd etgan.
"Lacio" bosh murabbiyi Mauricio Sarri ham chempionatda o'zining beshinchi sariq kartochkasini ishlab olgani sabab bitta o'yinga chetlatildi.
Etiborlisi, "Roma" keyingi uchrashuvni "Inter"ga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar