Mourinoga "Real" hujumchisi kerak
20 jan 2020 19:40
Yangiliklar
Mourinoga "Real" hujumchisi kerak
"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourino jamosida "Real" hujumchisi Luka Yovichni ko'rishni istaydi.
"Daily Star" xabariga ko'ra, portugaliyalik mutaxassis forvardni ushbu oydayoq xarid qilishni istamoqda. CHunki ayni damda "Tottenxem"da jarohatlangan Xarri Keynning o'rinbosari yo'q.
Joze Mourino "qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres bilan aloqalari yaxshiligi sababli, transfer ishlarini tezlatmoqchi.
Ushbu mavsumda 22 yoshli futbolchi "Real" tarkibida 18 o'yinda 1 gol va 2 assistentlik qayd etdi. 2019 yili "Real"ga o'tgan forvardning klub bilan shartnomasi 2025 yilga qadar davom etadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar