Mourino: "16 nafar futbolchining 15 nafaridan qoniqdim. 16-futbolchiga esa boshqa klub topishini aytdim"
10 noy 2022 07:19
Yangiliklar
Mourino: "16 nafar futbolchining 15 nafaridan qoniqdim. 16-futbolchiga esa boshqa klub topishini aytdim"
"O'ylaymanki, biz o'z imkoniyatlarimiz darajasida yaxshi o'ynay oldik. "Sassuolo" - qiyin raqib, ular qarshi hujumda tez harakat qilishadi.
Afsuski, birgina futbolchi noprofessional harakat qildi. Siz "Lacio"ga qarshi o'yinda Ibanesega ortiqcha gapirganimni ko'rmadingizku? CHunki uning ishga bo'lgan munosabati yuqori darajada. Futbolchilar xato qilib qo'yishlari mumkinligini yaxshi biladilar.
Bugungi holatda esa noprofessional tarzda munosabat bildirildi. Klubdoshlarga nisbatan. Men mana shundan ko'proq afsusdaman. Ammo biz safarda ochkoga ega chiqdik, buni yomon natija deya olmayman.
Jamoamning kayfiyatidan mamnunman, birgina futbolchidan tashqari. Men bu haqida kiyinish xonasida aytdim. Menda 16 nafar futbolchi bor edi, ularning 15 nafaridan qoniqdim, bittasidan tashqari.
Kim u? Aytmayman. Yanvarda u o'ziga yangi klub topishi lozim", - dedi Mourino.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar