So’nggi yangiliklar

02:14Ўзбекистон U20 термаси Аргентинага мағлуб бўлди  2 01:45Миллатлар лигаси. Германия, Туркияда ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:24Миллатлар лигаси. Польшадаги стадионда чироқ ўчиб қолди  1 00:44Мудрик 5 ой деганда гол урди  0 00:14Тухель Англияда иш бошлаши мумкин  1 23:54Ўртоқлик ўйини. "Бунёдкор" - ОКМК 5:5  1 23:34“Андижон” ўртоқлик учрашувида ғалаба қозонди   1 22:54Қизиқ хабар! Ўткир Юсупов туфайли "Фулад" ходими ишдан кетди  17 22:35"Ливерпуль"нинг собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  2 22:18Бернд Шустер: "Мбаппе нима қилиш кераклигини яхши билади"  1 21:51"Милан" президенти "Сан-Сиро"ни қадимий иншоот деб атади  0 21:37АПЛ клуби ҳакамни танқид қилгани учун жаримага тортилди  0 20:58Испанияда қайси жамоанинг ўйинлари энг кўп томоша қилинмоқда?  1 20:39Араухо: "Кучли бўлиб қайтишга ҳаракат қиламан"  1 19:57"Манчестер Юнайтед" футболчисининг юраги операция қилинди  3

⚡️ “Monca” varianti ... Yangiliklar

⚡️ “Monca” varianti ...

“Roma” forvardi Eldor SHomurodov rimliklarni tark etishga yaqin turibdi.

Albatta, “bo'rilar” o'zbekistonlik futbolchini "Jenoa"dan katta umidlar bilan xarid qilib, u bilan 2026 yil yozigacha shartnoma imzoladi. Biroq, Eldor Joze Mourinyuning etarlicha ishonchini qozona olmadi. Balki orada qandaydir gap-so'z o'tgan yoki boshqa sabablar ham bo'lishi mumkin, bunisi bizga qorong'u.

Hozirda uning transfer narxi 8 mln evroni (Transfermarkt bo'yicha) tashkil qilmoqda. Oxirgi xabarlarga ko'ra, 27 yoshli futbolchiga “Torino” (o'tgan mavsum A Seriyada 10-o'rin), “Bolonya” (13) hamda o'zi uchun qadrdon bo'lgan Genuyadagi boshqa bir klub “Sampdoriya” (15) qiziqish bildirmoqda.

Oldinroq esa Turkiya grandi “Galatasaroy” (Superliga o'tgan mavsumida 13-o'rin) SHomurodovni transfer qilmoqchiligi xabar qilingandi.

Ammo top-5 ligalarida gol urgan ilk o'zbekistonlikka “Monca” varianti qulayroq ko'rinmoqda.

Klub rahbari “Milan” sobiq xo'jayini Silvio Berluskoni hisoblanadi. Berluskoni “Monca”ni 2018 yil qabul qildi va 4 mavsum ichida 3-diviziondan tarixda ilk bor yuqori elitaga olib chiqdi. Investor bu bilan cheklanmoqchi emas va endigi maqsad “oq-qizillar”ni ECHLga olib chiqish bo'lmoqda. Darvoqe, “Milan”da Berluskoni bilan ajoyib duet hosil qilgan Adriano Galliani ayni vaqt klub sport direktori hisoblanadi. Xullas, rejalar yuqori!

Klub yangi mavsum oldidan o'z safiga “Yuventus”dan Filippo Ranokkya, “Inter”dan Andrea Ranokkya va Stefano Sensi, “Atalanta”dan Matteo Pessina, “Kalyari” etakchisi Andrea Karboni, “Verona” to'purari Janluka Kaprari hamda boshqa bir qator futbolchilarni jalb qildi. SHuningdek, “Kalyari”ga ijaraga berilgan tajribali kiper Alessio Krano ham ortga qaytdi.

Hozirda moncaliklarning oldingi chizig'ida quyidagi hujumchilar bor:

Dani Motta (24 yosh) – B Seriya o'tgan mavsumida 32 bahsda 12+3 ko'rsatkich;

Janluka Kaprari (28 yosh) – A Seriya o'tgan mavsumida 35 bahsda 12+7 ko'rsatkich;

Kristian Gyutker (32 yosh) – B Seriya o'tgan mavsumida 37 bahsda 14+1 ko'rsatkich;

Mirko Marich (27 yosh) – B Seriya o'tgan mavsumida 36 bahsda 11+5 ko'rsatkich (“Kratone”dan ijaradan qaytgan);

Patrik CHurria (27 yosh) – B Seriya o'tgan mavsumida 38 bahsda 5+4 ko'rsatkich;

Semyuel Vinyato (18 yosh) – B Seriya o'tgan mavsumida 13 bahsda 1 gol (vinger sifatida ham o'ynaydi).

Jovanni Stroppa bosh murabbiyligidagi jamoa o'tgan mavsumni asosan "3-5-2" hamda "4-3-3" sxemalarida o'tkazdi. SHomurodov vinger sifatida ikkala qanotda ham o'ynay olishini hisobga olsak, Stroppa Eldorni ham markazda, ham qanotda o'ynatishi mumkin. U o'tgan mavsum rimliklar safida yuqori divizionda 28 uchrashuvda (23 tasida zaxiradan tushgan) 3+4 natijaga erishdi. Yuqoridagi o'yinchilar orasida unga asosiy raqobatni Motta, Kaprari, Marich hamda Gyutkerdan biri tug'dirishi mumkin. Balki, Gyutkerning yoshi hisobga olinsa, u bu ro'yxatdan chiqar. 

“Monca” hujumkorligi tufayli o'tgan mavsum B Seriyada eng ko'p gol urgan jamoalar orasida “Benevento”dan (62 ta) keyin ikkinchi bo'ldi. O'tish bahslarida esa ular 4 uchrashuvda 10 ta gol urishdi. Oxirgi o'rtoqlik o'yinlarida natijalar ham yomon emas:

“Monca” – “Lugano” 4:0

“Monca” – “Pyachenca” 4:1

“Monca” – “Renate” 4:0

Xulosa o'rnida, SHomurodovning vakillari "Roma"dan ko'ra hujumkorlikni ko'proq xush ko'ruvchi “Monca”ga taklif bilan chiqsa yomon bo'lmasdi. Debyutant joriy mavsumning o'zidayoq evrokuboklarga yo'l olmoqchi, forvardning transfer narxi yuqoriligini hisobga olsak, klub uni sotib olish huquqi bilan ijara olishni o'ylab ko'rar balki)

Muallif : Eldor Akmurzayev
Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика