So’nggi yangiliklar

01:35Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда "Аланяспор" билан дуранг ўйнади, Алиқулов тўлиқ ўйнади  1 01:31"Бавария" — Германия Суперкубоги соҳиби  0 01:07U-21 биринчилиги. Йовович ва Марушич "Насаф"га гол урди, "Сўғдиёна"дан суперкамбэк, пешқадамдан мағлубият  0 00:39Рўзиқул Бердиев: "Мақсадимиз чемпионликни ўзимизда сақлаб қолиш"  4 00:37Ла Лига. "Барселона" йирик ғалаба билан бошлади, "Мальорка" биринчи бўлимдаёқ тўққиз киши бўлиб қолганди   47 00:11"Челси" "Милан" ярим ҳимоячисини қўлга киритмоқчи  0 23:57Элдор Мойлиев: "Насаф" ҳимоясини ёриб ўтиш бизга қийин бўлди"  0 23:39БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" меҳмонда "Ал Айн"га мағлуб бўлди, Ғаниев жамоасининг ягона голига муаллифлик қилди  0 23:31АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Вулверхэмптон"ни тор-мор этди, Ҳусанов захирадан ўйинга қўшилди  26 23:30Суперлига. “Навбаҳор” — “Нефтчи” 0:1   1 23:28Вадим Абрамов: "Мухлисларимиз уйдаги ғалабани соғиниб қолишганди"  3 23:14"Навбаҳор"нинг Намангандаги мағлубиятсиз серияси тугади  2 22:51Миржалол Қосимов: "Юриб футбол ўйнайдиган пайтлар ўтиб кетди"  6 22:03"Манчестер Юнайтед" Дания терма жамоаси хавбекини сотиб олмоқчи  2 21:30"Насаф" Қашқадарё дербисида "Шўртан"ни мағлуб этди  23

Modrich "lanatlangan" raqamni oldimi? FOTO Yangiliklar

Modrich "lanatlangan" raqamni oldimi? FOTO

Madridning "Real" klubi safida yangi mavsumda 10-raqam ostida xorvatiyalik Luka Modrich o'ynaydi.


Bunga qadar Modrich 19-raqamda harakat qilib kelayogandi. Xames Rodriges Myunxenga ketgach uning raqami bo'shab qolgandi. Oxirgi 20 yil ichida "Qirollik klubi" safida 10-raqamli futbolda o'ynagan futbolchilarni yodga olishga qaror qildik.

1996 – 2000. Klarens Zeedorf (Gollandiya)
Gollandiyalik 20 yoshli Zeedorf Madridga kelgani zahoti Mikael Laudrupdan qolgan raqamni olgandi. Uch mavsum davomida Klarens asosiy futbolchi edi, ammo jamoaga Visente Del Boske kelgach nimadir bo'ldiyu uning o'yini oldingidek chiqmadi va "Inter"ning taklifini qabul qilib Italiyaga ko'chib o'tgandi.



2000 – 2005. Luish Figu (Portugaliya)
2000 yil yozida Florentino Peres "Galaktikos" davrini boshladi va ashaddiy raqib "Barselona"dan Luish Figuni sotib oldi. Portugaliyalik futbolchining sevimli raqami (7) Raul tomonidan band qilingan edi. Besh yil davomida 10-raqam ostida o'ynagan Figu ikki bor Ispaniya chempioni bo'ldi va ECHLda zafar quchdi.



2005 – 2008. Robino (Braziliya)
Figudan keyin ushbu raqam braziliyalik Robinoga nasib qildi. Aynan shu paytdan "10-raqam lanati" boshlandi...Yani klubda ushbu raqamni olgan futbolchi bir mavsumdan so'ng umuman o'zgarib qolar yoki "Santyago Bernabeu"da 3 mavsumdan ko'p qolishmasdi. Robinoda aynan shunday bo'ldi va "Siti"ning taklifini qabul qilib Buyuk Britaniya safariga otlangandi.



2008 – 2009. Uesli Sneyder (Gollandiya)
Uesli Madridga kelganida bir mavsum 23-raqamda o'ynagandi. Ammo Robino ketgach
10-raqamni olishga qaror qilgan. Bir yil oldingi hujumkor yarim himoyachi qaerga yo'qolganini muxlislar umuman bilishmasdi. 2009 yil Peres klubga qaytgach Sneyderni "Inter"ga stib yuborgandi.



2009 – 2011. Lassana Diarra (Franciya)
Klubning yangi tarixidagi 10-raqamning eng g'alati sohibi. Tayanch yarim himoyachilar odatda bu raqamda o'ynashmaydi. Lassana esa 6-raqamini 10-ga almashtirgan, keyinroq klubini ham Odil Ahmedov o'ynayotgan "Anji"ga almashtirgandi.



2011 – 2013. Mesut Ozil (Germaniya)
Ozil Madriddagi ilk mavsumda 23-raqamda o'ynagan va ajoyib natijalar ko'rsatgandi. Ammo 10-raqamni olgach yuqoridagi futbolchilar singari o'ziga o'xshamay qolgandi. Yakunda uchinchi mavsumdan keyin Londonga, mister Vengerning "Arsenali"ga ko'chib o'tgandi.



2014 – 2017. Xames Rodriges (Kolumbiya)
Ozil ketgach bir mavsum davomida jamoadagi hech qaysi futbolchi 10-raqamni olmagandi. 2014 yildagi mundialdan so'ng kolumbiyalik Xames Rodriges jamoaga kelgan va Peres unga o'sha mashhur raqamli futbolkani topshirgandi. U ham "Qirollik klubi"dagi debyut mavsumida haqiqiy etakchi bo'la olgandi xolos. Qolgan yillarda uning maydonga tushishi kamayib boraverdi. Yaqinda rahbariyat uni Myunxenga, Karlo Anchelotti boshqarayotgan "Bavariya"ga ikki yilga ijaraga berib yubordi.



2017 - … Luka Modrich (Xorvatiya)
Oxirgi 20 yilda klubda 10-raqam faqat legionerlarga topshirilganiga etibor qiling. Yangi mavsumda ham ushbu raqamda legioner o'ynaydi. Bunga qadar 19-raqam ostida harakat qilgan Modrich 10-raqamda o'ynaydi. Ko'ramiz ushbu raqam "lanati" Modrichga tasir qilarmikin yoki yuqoridagilarning bari tasodifmikin?


soccer.ru saytidan Narzulla tarjima qildi

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика