"Mixed zone". CHeysi Anri: "O'zbekiston himoyada juda tartibli o'ynadi"
16 iyu 2022 01:43
Yangiliklar
"Mixed zone". CHeysi Anri: "O'zbekiston himoyada juda tartibli o'ynadi"
O'yindan keyin Yaponiya termasi etakchilaridan biri CHeysi Anri bilan suhbatlashdik.

- Uchrashuv haqida fikrlaringiz...
- Raqibimiz O'zbekiston juda kuchli edi. Birinchi taymda to'pni nazorat qila oldik. Menda bir-ikkita xatolar bo'ldi.
- Bugun Yaponiya gol urolmadi. Jamoaga nima bo'ldi?
- O'zbekiston himoyada juda tartibli o'ynadi. Biz to'pni bir-birimizga tez-tez oshirganimizga qaramasdan, himoyani yorib o'ta olmadik.

- Yaponiyaning keyingi o'yini Avstraliyaga qarshi kechadi. Raqib xususida qanday fikrdasiz?
- Avstraliya jamoasi safida Germaniyada men bilan birga o'ynaydigan jamoadoshim bor. U hujumchi. Unga qarshi o'yinni sabrsizlik bilan kutaman.
- Finalda O'zbekiston Saudiya Arabistoni bilan to'qnash keladigan bo'ldi. Sizningcha, qaymi terma chempionga aylanadi?
- O'ylashimcha, O'zbekiston chempion bo'ladi, chunki bu jamoa juda ham kuchli ekan.
Uchqun Azimov suhbatlashdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar