So’nggi yangiliklar

08:16Футзал. Бугун бронза учун майдонга тушамиз  0 07:50U-17 Жаҳон чемпионати. Осиёнинг иккита жамоаси плей-оффда. Кечаги кун натижалари билан танишинг  0 07:18U-17 Жаҳон чемпионати. Бугун бизни гуруҳдаги ҳал қилувчи учрашув кутиб турибди  5 01:19МЛС клублари лигага Неймар келишини хоҳлашмаяпти, улар бразилияликни "бош оғриғи" сифатида кўришмоқда  3 00:46Родриго “Реал”даги ролидан тобора норози бўлмоқда ва январда клубни тарк этиши мумкин  0 00:15Туркияда 1000 дан ортиқ футболчи қимор можароси сабабли четлатилди. Рўйхатда "Галатасарой" ва "Бешиктош" ўйинчилари ҳам бор  5 23:35Суперлига. "Сурхон" – "Шўртан" 1:0  0 23:24Ўзбекистон терма жамоасининг Дубайдаги машғулоти  2 22:57 8 та ўйиндан бери ғалаба қозона олмаётган "Аталанта" Юрични ишдан бўшатди  3 22:04Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг расмий машғулоти  5 21:15Февзи Давлетов: "Рустам Турдимуродов жамоада қоладими? Тўғриси, бу саволга жавоб бериш мен учун қийин"  9 21:00Асрор Алиқулов: "Оддий вазиятда хатога йўл қўйиб гол ўтказиб юбордик"  0 20:42Месси "Камп Ноу"га келиб, стадионга кириш учун шахсан рухсат сўради  16 20:02Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Шўртан"дан устун келди  16 19:50"Галатасарой" президенти Месси билан боғлиқ миш-мишлар ҳақида: "Биз бундай музокаралар олиб бориш мумкин бўлган даражага етдик"  5

Miuradan tortib Ibragimovichgacha yoxud qarilikni bo'yniga olmayotgan futbolchilar Yangiliklar

Miuradan tortib Ibragimovichgacha yoxud qarilikni bo'yniga olmayotgan futbolchilar

SHunday futbolchilar borki, 40 yoshdan oshgan bo'lsa ham keksalikni qabul qilmasdan, maydonda to'p tepishda davom etishmoqda.

Jumladan, yaponiyalik Miurani misol qilib o'tish mumkin. "Daily Star" mana shunday futbolchilarni sanab chiqdi. 

Sergey Pashenko (39 yosh)

Jamoasi: "SHerif"

Ayni vaqtda hamyurtimiz Jasur Yaxshiboev bilan bitta jamoada o'ynayotgan Pashenko faoliyati davomida 15 ta klubda to'p tepgan. Hozirda tiraspolliklar zaxira posboni hisoblanadi. U faoliyatini tugatish haqida o'ylayotgani yo'q. 

Moldova terma jamoasida 2003 yildan buyon o'ynab keladi. To'g'ri, u shu vaqtga qadar terma jamoa libosida 18 ta bellashuvda maydonga tushgan, xolos. ga tushgan. Dekabrda u 40 yoshni qarshilaydi. 

Marten Stekelenburg (39 yosh)

Jamoasi: "Ayaks"

12 yil oldin Stekelenburg jahon chempionati finalida Andres Inestaning zarbasini qaytara olmagan edi. Faoliyati davomida u "Roma", "Fulxem", "Monako", "Sautgempton" va “Everton” kabi jamoalar sharafini himoya qilgan Marten ayni vaqtda 39 yoshda. Sentyabrda 40 yoshni qarshilaydigan "ikki ustun qo'riqchisi" "Ayaks"da o'ynamoqda. Lekin zaxiraga mixlanib qolgani yo'q. Onanada muammolar kuzatilib, diskvalifikaciya qilingan bo'lishiga qaramasdan, murabbiylar shtabi Stekelenburgga ishonch bildiryapti. U ulkan tajribasi bilan jamoasiga yordam bermoqda. Qisqasi, Marten hali beri qo'lqoplarini mixga ilish niyatida emas. 

Vilfredo Kabalero (40 yosh)

Jamoasi: "Sautgempton"

Kabalero ayni vaqtda 40 yoshda bo'lib, ayni vaqtda Angliya Premer-ligasida "Sautgempton" klubi safida o'ynamoqda. U "Elche" va "Malaga"da yorqin damlarini o'tkazgan. "CHelsi" va "Manchester Siti"da esa zaxirada qolib ketdi. Asosan, kubok bellashuvlarida imkoniyatga ega bo'ldi. Hozirda "avliyolar" tarkibida ham zaxirada o'tiribdi. SHunga qaramay, Kabalero yana bir necha yillar davomida o'ynashdan umidvor ekanini malum qilgan.

Zlatan Ibragimovich (40 yosh)

Jamoasi: "Milan"

To'g'risi, Ibragimovich borasida atroflicha malumotlar berish shart emas. Qaysi mamlakatda o'ynamasin, doimo oltin medallarga ega bo'lgan Ibragimovich tez orada "Milan" bilan yangi shartnoma imzolamoqchi. "Rossonerilar" bilan shartnomasi tugaganidan so'ng vataniga qaytib, SHveciyada butsalarini mixga ilishni maqsad qilgan. Qisqasi, 41 yoshga qarab ketayotgan Ibragimovich gollar urishda, jamoadoshlariga golli uzatmalarni amalga oshirishda davom etmoqda. 

Roke Santa Krus (40 yosh)

Jamoasi: "Libertad"

Evropadagi faoliyati davomida "Bavariya", "Manchester Siti", "Betis" jamoalarida o'ynagan Roke Santa Krus 2016 yildan buyon vatanida o'ynamoqda. 5 yil davomida "Olimpiya" harakat qilgan bo'lsa, 2022 yildan boshlab "Libertad" sharafini himoya etmoqda. U 6 fevral kuni chempionatning ochilish bahsidayoq gol urishga muvaffaq bo'ldi. Bir so'z bilan aytganda, Roke Santa Krus 40 yoshda ham tinim bilgani yo'q va gollar urishda davom etmoqda. Yaqinda unga Tailand va Hindiston jamoalaridan ham takliflar bo'lgan edi, biroq Roke Santa Krus vatanida qolishni afzal bildi. 

Xoakin (40 yosh)

Jamoasi: "Betis"

Har qanday yosh futbolchiga uning faoliyati namuna bo'la oladi. "Betis", "Valensiya", "Malaga" va "Fiorentina". Qahramonimiz aynan shu jamoalarda o'ynagan. 2015 yildan buyon qadrdon jamoasi "Betis" libosida harakatlanmoqda. Diqqat qiling, u shu yoshida ham zaxirada qolib ketayotgani yo'q. Har bir o'yinda maydonga tushadi, muhim gollarni uradi. Joriy yilda andalusiyaliklar chempionatda muvaffaqiyatli o'ynashmoqda. Bunda so'zsiz Xoakinning o'rni beqiyos. 

Darvoqe, Evropa Ligasida ham u ajoyib o'ynamoqda va "Zenit"ni musobaqadan chiqarib yuborishda keng ko'lamli ishni bajardi. Tez orada La Ligada 600-uchrashuvini o'tkazishga yaqin turibdi. 

SHunsuke Nakamura (43 yosh)

Jamoasi: "Yokogama"

Yaponiya milliy terma jamoasida jarima zarbalarini chiroyli tarzda amalga oshirib, muxlislar mehrini qozongan Nakamura hamon maydonda javlon urib, gol urmoqda. 43 yoshli futbolchi Italiya, SHotlandiya va Ispaniya chempionatlarida o'ynagan. 2010 yildan buyon "kunchiqar yurt"da to'p tepmoqda.

Janluiji Buffon (44 yosh)

Jamoasi: "Parma"

Yaqinda 44 yoshga qadam qo'ygan Buffon hozirda B Seriya ishtirokchisi "Parma" darvozasini qo'riqlamoqda. U jamoasini A Seriyaga qaytarishga ko'maklashish istagida shu erga tashrif buyurdi. Ulkan tajribaga ega bo'lgan Jiji ham hali beri qo'lqoplarini mixga ilishni o'ylaganicha yo'q. Kelgusi yillarda uni birorta ekzotik chempionatlardan birida uchratsak ajabmas. 

Kadzuyosi Miura (54 yosh)

Jamoasi: "Suzuka Poynt Getters"

Miura yangidan yangi rekordlarni o'rnatishda davom etmoqda. 26 fevral kuni 54 yoshni qarshi olgan qahramonimiz butsalarini mixga ilib, nafaqaga chiqishni sira o'ylaganicha yo'q. To'g'ri, uning maydonda to'liq o'ynashga kuchi etmas, lekin shu yoshida ham maydonga chiqib, yosh jamoadoshlari bilan mashg'ulotlarda ishtirok etishining o'zi katta natija deyish mumkin. Qisqasi, Miura shu ketishda yangi rekordlarni o'rnatsa ajabmas.

Samandarbek tarjimasi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика