O'rtoqlik uchrashuvi. O'zbekiston Urugvayga kichik hisobda mag'lub bo'ldi
13 okt 19:38
Yangiliklar


O'rtoqlik uchrashuvi. O'zbekiston Urugvayga kichik hisobda mag'lub bo'ldi
O'rtoqlik uchrashuvi
O'zbekiston – Urugvay 1:2 (TUGADI)
Malayziya. Malakka shahri. "Hang Jebat" stadioni.
Hakamlar: Muhammad Izzu Fikri Kamaruzaman, Muhammad Farhan Abd Aziz, Muhammad Saharudin Ishak, Muhammad Usaid Jamal
Gol: Fakundo Torres (Federiko Vinyas) 51, 0:1, Xuan Sanabriya (Federiko Vinyas) 60, 0:2, Ruslan Jiyanov (Husayn Norchaev) 82, 1:2
O'zbekiston: 12.Abduvohid Nematov, 2.Muhammadqodir Hamraliev, 3.Hojiakbar Alijonov (4.Dilshod Saitov,84), 5.Rustam Ashurmatov, 6.Akmal Mozgovoy, 7.Otabek Shukurov ( Ruslan Jiyanov, 60) 10.Azizjon G'aniev (17.Abdurauf Bo'riev,75), 13.Sherzod Nasrullaev (19.Azizbek Turg'unboev,65), 14.Eldor Shomurodov (21.Igor Sergeev,84), 15.Umar Eshmurodov, 20.Hojimat Erkinov (9. Husayn Norchaev, 75)
Zaxira: 1.Vladimir Nazarov, 16.Botirali Ergashev, 8.Jamshid Iskanderov, 11.Oston O'runov, 23.Alibek Davronov, 24.Jahongir O'rozov,
Urugvay: 12.Franko Israel, 2.Santyago Bueno, 3.Nikolas Marichal, 5.Emiliano Martines, 6.Marselo Sarachchi, 7.Kevin Amaro (11.Ignasio Lakintana, 46), 10.Rodrigo Salasar, 13.Federiko Vinyas, 14.Xose Luis Rodriges, 18.Xuan Manuel Sanabriya, 21.Fakundo Torres (8.Nikolas Fonseka,87)
Zaxira: 1.Kristofer Fermarin, 23.Paulo Da Kosta, 4.Santyago Mourino, 9.Nikolas Asambuxa, 15.Brayan Barbosa, 16.Xulio Daguer, 17.Pablo Alkoba, 19.Lusiano Rodriges, 20.Lusiano Gonsales, 22.Federiko Martines.
MATNLI TRANSLYACIYA
Uchrashuv yakunlandi.
90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.
87. O'ZGARISH. Urugvay tarkibida Fakundo Torres o'rniga Nikolas Fonseka tushdi.
84. O'ZGARISH. O'zbekiston, Shomurodov o'rniga Sergeev, Alijonov o'rniga Saitov tushdi.
82. GOOOOOOOOOOOOL. JIYANOOOOV. Nihoyat biz gol urdik. Norchaev raqib futbolchisi va darvozabonini aldab o'tdi, bu erda vaziyatga etib kelgan Ruslan Jiyanov darvozaga yo'l topdi, 1:2
80. Urugvayning hujumi xavfli chiqdi.
75. O'ZGARISH. O'zbekiston, Erkinov o'rniga Norchaev, G'aniev o'rniga Bo'riev tushdi.
70. Jiyanovning uzatmasiga hech kim etib kelmadi.
60. O'ZGARISH. O'zbekiston, Otabek Shukurov o'rniga Ruslan Jiyanov, Sherzod Nasrullaev o'rniga Azizbek Turg'unboev tushdi.
60. GOL. Urugvay ikkinchi golni urdi. Xuan Sanabriya Vinyasning uzatmasini qabul qilib olib aniq zarba bilan Nematov darvozasini ishg'ol qildi, 0:2
59. Yanv Vinyasdan zarba. Urugvayning hujumlari ancha xavfli chiqmoqda.
53. ZARBAAA. Shomurodovning jarima maydonchasi ichidagi kuchli zarbasini raqib posboni qaytardi.
51. GOL. Urugvay uchrashuvda hisobni ochdi. Fakundo Torres jamoasining o'yindagi ilk gol muallifiga aylandi. Vinyas unga juda yaxshi uzatmani amalga oshirib berdi.
48. ZARBA. Shukurovning zarbasi noaniq.
46. O'ZGARISH. Urugvay Kevin Amaro o'rniga Ignasio Lakintana tushdi.
Ikkinchi bo'lim boshlandi.
Tanaffus!
45+2. Birinchi bo'lim oxirida raqib darvozasi oldida keskinlik yarata oldik.
45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.
40. Urugvay qarshi hujum tashkil qildi, Amaroning sekin zarbasini Nematov ushlab oldi.
31. Urugvayning burchak zarbasi noaniq chiqdi. O'yin tengkurashlar ostida o'tmoqda.
25. Xojimat Erkinovdan ajoyib harakatlar. Yakuniy nuqtani qo'yishda qiynaldik.
23. Rodrigo Salasar zarba yo'lladi. To'p rekoshet hosil qilib Nematovning qo'liga kelib tushdi.
21. Urugvay futbolchisi Vinyasning zarbasi noaniq ketdi.
17. Shomurodov hujum qilayotgan pallada raqib taqibiga duch keldi.
13. Vakillarimiz sekin-asta nazoratni qo'lga olmoqda.
7. ZARBA. Akmal Mozgovoyning zarbasi noaniq ketdi.
2. Urugvayning ilk hujumining himoyachilarimiz qaytardi.
- O'yin boshlandi.
- Ikki davlat madhiyalari yangradi.
- Jamoalar maydonga chiqib keldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar