Rodrigo “Real”dagi rolidan tobora norozi bo'lmoqda va yanvarda klubni tark etishi mumkin
11 noy 00:46
Yangiliklar
Rodrigo “Real”dagi rolidan tobora norozi bo'lmoqda va yanvarda klubni tark etishi mumkin
24 yoshli braziliyalik futbolchi bu mavsumda La Liga va Chempionlar ligasida 13 ta o'yin o'tkazgan (ularning 3 tasini asosiy tarkibda boshlagan) va faqat 1 ta golli pas bergan. U jami 359 daqiqa maydonda bo'lgan — bu 4 ta to'liq o'yinga teng yoki o'rtacha har o'yinda 27 daqiqadan.
ESPN Brasil xabar berishicha, Rodrigo hozir yozga nisbatan ko'proq norozi bo'lib qolgan. U yanvar oyidagi qishki transfer oynasida “Real”ni tark etishi mumkin.
Hozircha Xabi Alonso qo'l ostida uning holati o'zgarishiga ishora yo'q. Shu sababli ham futbolchi, ham klub, garchi buni ommaviy ravishda bildirmayotgan bo'lsalar-da, kelasi transfer oynasidagi ehtimoliy takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.
Aytilishicha, Rodrigo agar ketadigan bo'lsa, Angliya Premer-ligasi klubiga o'tishni afzal biladi. Hozircha rasmiy taklif yo'q, ammo agar transfer oynasi ochilishigacha unga qiziqish paydo bo'lsa, ham o'zi, ham klub, ham murabbiylar shtabi bu taklifni ko'rib chiqadi.
Avgust oyida “Real” Rodrigoning narxini 80–100 million evro orasida baholagan edi. Shuningdek, “Arsenal” va “Bavariya” tomonidan braziliyalikka qiziqish bo'lgani xabar qilingan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
Fikrlar