"Chelsi" argentinalik hujumchini sotib olmoqchi
19 okt 14:40
Yangiliklar


"Chelsi" argentinalik hujumchini sotib olmoqchi
Londonning "Chelsi" klubi argentinalik 23 yoshli hujumchi Xoakin Panichelli bilan shartnoma imzolash haqida o'ylamoqda.
Panichelli Franciyaning "Strasbur" jamoasida o'ynaydi. Ikkala klub ham bitta BlueCo kompaniyasiga tegishli. Manbalarga ko'ra, bu "aristokratlar"ga o'zlarini qiziqtirgan hujumchi bilan shartnoma tuzishga yordam berishi mumkin.
Panichelli "Strasbur"ga 2025 yilda Ispaniyaning "Alaves" klubidan o'tgan edi. Argentinalik futbolchi Liga 1da 8ta o'yinda 7ta gol urgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar