So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  3 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

Zlatan Ibragimovich: "Ayrimlar bir-ikki mavsum yarq etib ko'rinadi-yu, so'ng yo'qolib ketadi, Modrich esa 20 yildan buyon yuqori darajada o'ynamoqda" Yangiliklar

Zlatan Ibragimovich: "Ayrimlar bir-ikki mavsum yarq etib ko'rinadi-yu, so'ng yo'qolib ketadi, Modrich esa 20 yildan buyon yuqori darajada o'ynamoqda"

"Milan"ning sobiq hujumchisi va hozirgi paytda klub egalari maslahatchisi sifatida faoliyat yuritayotgan Zlatan Ibragimovich jamoaga yangi qo'shilgan Luka Modrichning o'yinga tasiri va uning ahamiyati haqida yuqori fikr bildirdi.

"Luka — oddiy futbolchi emas. U futbolning o'zi. U futbol o'ynamaydi — u futbolning jonli ifodasi. Biz turlichamiz: u maydonda etakchi, ammo uning tashqarisidagi tabiati juda sokin. Shu bilan birga, aynan uning tajribasi 'Milan'ga etishmayotgan muhim qism edi. Hatto agar statistikasi unchalik yorqin bo'lmasa ham, jamoaga bo'lgan tasiri ulkan.

U yigirma yildan buyon eng yuqori darajada o'ynayapti. Ayrimlar bir-ikki mavsum yarq ettib ko'rinadi-yu, so'ng yo'qolib ketadi. Ammo boshqalar borki, ular o'n yillab cho'qqida qoladi — va ular haqiqiy chempionga aylanadi, hatto "Oltin to'p"siz ham. Modrich ana shundaylardan biri, va u bugun biz bilan," — deb Zlatan Ibragimovichning so'zlarini jurnalist Djanluka Di Marcio sayti keltiradi.

Eslatib o'tamiz, Xorvatiya terma jamoasi sardori Luka Modrich bu yil yozda erkin agent sifatida "Milan" safiga qo'shilgan edi. 40 yoshli yarim himoyachi joriy mavsumdagi Seriya A musobaqasida 6 ta o'yinda maydonga tushib, bir gol va bir assist muallifi bo'ldi.

Reyting: +5   

Fikrlar

+1   
13 okt 10:49:52
Шухрат Эргашев
Модрични бутун дунё тан олади, хурмат килади, хатто ашаддий ракиб мухлислари хам. Бунака тоифа футболчилар камдан кам. Ибрагимович тугри таъриф берди.
   
13 okt 13:16:00
Odilbek Abdushukurov
Doktor D foydalanuvchining fikriga javob berish
Олтин туп хам олган.ку Лука
"Oltin to‘p olmagan taqdirda ham" demoqchi.
   
13 okt 13:15:25
Tulkin Alimov
2012-йил Евро чемпионатда кўриб Барса шуни олиши керак дегандим.
Ўша пайтда Месси ва Роналдуга рақобатчи бўлади деб ўйлагандим.
Жуда меҳнаткаш футболчи.
   
13 okt 11:53:24
Doktor D
Олтин туп хам олган.ку Лука
   
13 okt 11:12:50
FARRUX Shodiyev
Salom Salam foydalanuvchining fikriga javob berish
"Yorq etib ko'rinadiyu " mas yarq etib ko'rinadi bo'ladi hech bomasa bir o'qib chiqilar yozgandan keyin. Halq oqiyapti ahir.
Oʻzingiz juda savod bilan yozibsiz
   
13 okt 11:00:46
ArsaBarsa
Tottenhemda yurganida PES 2011, 2012 past ko'rsatkichda yurardi. Lekin zo'r edi. O'sha Tottenhem zo'r futbolchilar yig'ilgan edi va hammasi kuchli jamoalarga ketib qolgan
   
13 okt 10:52:08
Salom Salam
"Yorq etib ko'rinadiyu " mas yarq etib ko'rinadi bo'ladi hech bomasa bir o'qib chiqilar yozgandan keyin. Halq oqiyapti ahir.
   
13 okt 10:47:51
Muhammadali Sirojiddinov
Ha ibra juda toʻgʻri gapirdi Modrich afsona bunday oʻyinchilar 100 yilda bir tugʻuladi uning paslari juda zoʻr edi Realda yorqin oʻyinlar koʻrsatdi u tufayli juda koʻp sovrinlar yutdi Real Madrid
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика