"Barselona" "Chelsi" va "Milan" bilan Liga 1 dagi hujumchi uchun bahslashadi
01 noy 12:24
Yangiliklar
"Barselona" "Chelsi" va "Milan" bilan Liga 1 dagi hujumchi uchun bahslashadi
"Strasburg" hujumchisi Xoakin Panichelli "Barselona"ni qiziqtirib qoldi.
Kataloniyaliklar Robert Levandovskiga o'rinbosar qidirmoqda. "Ko'k-anorranglilar" Liga 1 to'purarlari ro'yxatida peshqadamlik qilayotgan Panichelli uchun davogarlar sonini ko'paytirdi.
Ispan grandi vakillari argentinalik futbolchining o'yinlaridan hayratda. Xoakin Panichelli Franciya chempionatining joriy mavsumida o'nta o'yinda to'qqizta gol urdi.
23 yoshli futbolchining Transfermarkt saytidagi narxi - 12 mln evro. Forvardga "Chelsi" va "Milan" ham qiziqish bildirmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar