So’nggi yangiliklar

15:59"Ливерпуль" еврокубокда илк бор англиялик футболчиларсиз таркибни майдонга туширди  0 15:33Фарғонада "Нефтчи" ғалаба қозонадими? Олмалиқда нима бўлади? — 22-тур олдидан мутахассис фикри  0 15:17Суперлига. 22-тур дисквалификациялари: "Динамо", "Андижон" ва "Пахтакор"да йўқотишлар бор  3 14:57Гвардиола Ҳусанов нега "Сити"нинг ҳар бир ўйинида бошланғич таркибда тушолмаслигини тушунтирди  6 14:39"Челси" ва "Тоттенхэм" "Барселона" футболчиси учун курашга киришди  0 14:10Испания ЖЧ-2026дан воз кечишга тайёр — сабаб Исроил  11 13:42ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон бир поғона юқорилади  9 13:26Максим Шацких: "Биз сафарда Туркманистон терма жамоасига қарши ўйнадик, буни унутмаслик керак"  10 12:54УЕФА Англия клубини мухлислар баннери туфайли жазолади  2 12:20МЮ Аморимнинг ўрнига бошқа мураббий излаётгани ҳақидаги хабарлар рад этилди  1 11:50Жозе Моуринью: "Бенфика"дан таклиф бўлганида бир сония ҳам иккиланмадим"  3 11:25Сон Хён Мин "Реал" билан ўйинда хет-трик қайд этди  10 10:45Ўзбекистон U-16 терма жамоаси бугун Черногория билан ўйнайди   6 10:05Мареска "Бавария" билан ўйиндаги ҳакамликни танқид қилди  12 09:40Рустам Турдимуродов: "Сурхон" ҳеч қайси жамоадан кам эмаслигини исботлаймиз"   5

Mirjalol Qosimov: "Yoshligimda soat 15:00da ham futbol o'ynardik" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Yoshligimda soat 15:00da ham futbol o'ynardik"

Superliga 11-turidan o'rin olgan "Andijon" - AGMK jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o'z fikrlarini bildirdi.

O'yindan nimalar kutgan edingiz? Umuman olganda, o'yin qanday kechdi?

- "Andijon"ni yaxshilab o'rganib chiqqan edik. Lekin 5 ta himoyachi (3 ta markaziy himoyachi) bilan o'ynaydi deb o'ylamagan edim, chunki oldingi o'yinlarda 4 himoyachi bilan harakatlanishgan. O'yin oson bo'lmadi. Birinchi bo'lim boshida yaxshi vaziyatlarni yaratdik, lekin foydalana olmadik. Qolaversa, shoshilib o'ynadik va to'pni ko'p marta yo'qotib qo'ydik. Ikkinchi bo'limda maydonga tushgan o'yinchilar o'yinni kuchaytirishdi va haqli g'alabaga erishdik.

Maysaning holati va o'yin vaqti haqida nima deya olasiz?

- Avvalambor, bu bahona bo'lmasligi kerak. Har bir jamoada imkoniyat bir xil. Endi shunaqa vaziyatlar ham bo'lib turadi. Yoshligimni eslasam, soat 15:00da o'ynagan paytlarimiz ham bo'lgan. Bu bahona bo'lishi kerak emas, buni futbolchilarga ham tushuntirdim. Menimcha, maydon holati yomon emas.

Hozir chempionatimizda transfer oynasi ochiq. AGMKda qanday o'zgarishlar kutilyapti?

- Hozirgi tarkibimizdan qoniqyapmiz va rotaciyaga ham qo'l urib turibmiz. CHunki jarohatlanganlar, kasal bo'lganlar bor. Grigalashvili, Vatsadze, Tursunov 2 hafta davomida davolanib, tiklanib olishdi. Sekin-asta o'yinlarda qatnashib, jismoniy holatlarini tiklab, yanada yaxshi o'ynay boshlashadi.

AGMK ketma ketma-ket 2 ta o'yindan buyon avval gol o'tkazib, keyin 3:1 hisobida g'alaba qozonmoqda. Jamoa gol o'tkazgach, bosim qilyapti. Nega gol o'tkazishdan oldin hujumda kuchliroq o'yin ko'rsatilmayapti?

- SHunisi yomonda. O'zi aslida 90 daqiqa harakatlanish kerak. Albatta, goldan keyin intilish kuchayadi. Zaxiradan tushgan o'yinchilar ham o'yinni kuchaytiryapti.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика