So’nggi yangiliklar

15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  0 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  1 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  3 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  3 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  5 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   7 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  22 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  2

Mirjalol Qosimov: "O'yindan emas, natijadan qoniqdim" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "O'yindan emas, natijadan qoniqdim"

Superliganing 17-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - OKMK (0:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Fursatdan foydalanib butun O'zbekiston ahlini "Mustaqillik bayrami" kuni bilan muborakbod etaman. Juda og'ir o'yin o'tkazdik. Muhimi 3 ochkoni qo'lga kiritdik. Jamoani oldinda kichik tatil kutib turibdi. Ikki jamoa ham ehtiyotkorlik bilan harakat qildi. O'yinning yakuniy qismida standart vaziyatdan kiritgan golimiz bizga 3 ochkoni taqdim etdi. O'yindan emas, natijadan qoniqdim. Navbatdagi uchrashuvlarda "Bunyodkor" jamoasiga omad tilayman.

- Jamoangiz so'ngi daqiqalarda gol kiritishi evaziga g'alabani ilib ketgan uchrashuvlar bo'layapti. Bu sizning rejangizda bor jarayonmi? Masalan, 80-daqiqadan keyingi vaqt uchun alohida ko'rsatmalar berasizmi?

- Yo'q, maxsus ko'rsatma bermaymiz. Maydonga chiqqandan so'ng faqat futbol haqida o'ylash kerak. 80-daqiqadan keyin emas, hakam hushtagi chalinib, o'yin boshlanganidan to oxirigacha bir xil balansda o'ynashimiz kerak. "Dinamo" bilan o'yinda shu kabi xatolar evaziga mag'lub bo'ldik. Aksincha, gol urgandan so'ng jamoa yanada qo'shishi kerak. Futbol aks holda kechirmaydi.

- Superligada darajasi tenglashdi. Sizningcha, bu haqiqatdan ham jamoalarning kuchayishi bilan bog'liqmi?

- Bunga turlicha yondashish mumkin. Superligada shunchaki o'yin bo'lmaydi. Jadval hech narsani anglatmaydi. Birinchi o'rindagi jamoa bilan 14-o'rindagi jamoa o'ynasa ham, kim yutadi, kim yutqazadi, hech kim bilmaydi.

- "Bunyodkor"ga tamal toshi qo'ygan murabbiylardan birisiz. Jamoaning ayni damdagi inqirozi sizni qanday iztirobga soladi?

- Tashqaridan bir narsa deyish qiyin. Albatta, jamoaga achinaman. Ilyosga ham bu borada aytdim, omad tiladim, jamoa Superligadagi o'z o'rnini saqlab qolishni uddalashiga ishonch bildiraman. Bunday holat har bir jamoa bilan yuz berishi mumkin.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика