So’nggi yangiliklar

21:28Конференциялар лигаси саралаши финали. "Крайова" - "Истанбул Башакшехир" баҳси асосий таркиблари маълум!  2 21:17Ўзбекистон термаси йиғинни бошлади ГАЛЕРЕЯ  3 20:45Пол Паркер: "Онана дарвозабон эмас"  1 20:12"Динамо" ҳақ бўлиб чиқди: "Ҳакам қарори нотўғри!"  16 19:50Расман: Шаҳбоз Умаров — "Тобол" футболчиси  1 19:21Паулу Бентунинг Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийлига тайинланиши тўғри қарорми ёки нотўғри?  64 19:10Ўзбекистон U-23 терма жамоаси 30 август куни Қирғизистонга йўл олади   7 18:49Одил Ҳамробеков ва Ўткир Юсупов Ўзбекистон терма жамоасининг йиғинига келиб қўшилди   0 18:07"Қайрат" бош мураббийи: "Бунчалик узоққа боришимизни кутмагандим"  5 17:15"Футбол олами". Ярим финалчилар маълум, хайр "Навбаҳор" ва "Бунёдкор"  4 16:59"Андижон", "Динамо", "Навбаҳор"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари   12 16:34"Ливерпуль" "Бавария" футболчисини АПЛга қайтармоқчи  2 15:45Жаҳон чемпионатигача: Бентуда терма жамоани тайёрлаш учун қанча вақт бўлади?  26 15:23Ўзбекистон кубоги. "Динамо" ярим финалга чиққан ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  4 15:10"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини "Милан"да давом эттиради  4

Mirjalol Qosimov: "Ikkinchi golga qadar "Paxtakor"ga munosib qarshilik ko'rsatdik" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Ikkinchi golga qadar "Paxtakor"ga munosib qarshilik ko'rsatdik"

O'zbekiston Kubogi finalida "Paxtakor" - AGMK (3:0) uchrashuvidan so'ng olmaliqliklar ustozi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Bugungi o'yin orqali Osiyo chempionlar ligasiga yo'llanma olish mumkinligini yaxshi tushunib turgandik va buni juda ham xohlagandik. Finalga yaxshi tayyorlangandik. Ammo keraksiz joyda to'p yo'qotilgach hisob ochildi. CHeran bekorga bugun uchta gol urmadi. Uchinchi golda ham uning mahoratini ko'rish mumkin bo'ldi. Penaltiga qadar qarshilik ko'rsatayotgandik, ammo ikkinchi goldan so'ng barchasi aniq bo'ldi. "Paxtakor" haqli ravishda kubok sohibiga aylandi. Futbolda kimdir yutadi, kimdir yutqazadi, - deydi Mirjalol Qosimov. 

- Bugungi o'yinda Grigalashvili hujumda asosiy ishni bajardi. U almashtirilgach hujumda deyarli imkoniyat yaratilmadi...
- Futbol bu jamoaviy o'yin. Birinchi taymda yaxshi o'ynadi zarbalar berdi, ammo ikkinchi goldan so'ng kayfiyati tushib ketganini ko'rdim. Oldinga ham yurmadi, orqaga ham qaytmadi. SHu bois uni almashtirdim.

- Bilamizki, har bir murabbiyda jamoasi gol o'tkazib yuborganidan keyin ikkinchi rejasi bo'ladi. Bugun AGMK gol o'tkazib yuborganidan keyin ikkinchi rejaga o'tishiga nima to'sqinlik qildi?
- Birinchi goldan keyin yaxshi vaziyatlar bo'ldi, ammo hujumni yakunlashdi oqsadik. Bitta vaziyatda Suyunov, bitta vaziyatda Simich jamoasini qutqardi.

- O'yin davomida bitta hujumchi bilan o'ynadingiz. Ko'p holatlarda yolg'izlanib qolgani ko'rindi. Uchrashuv oxirida ikkinchi hujumchini boshqa bir hujumchining o'rniga tushurdingiz. Ikki hujumchi bilan o'ynashga nima xalal berdi?
- Adashmasam Hakimov tushganida 0:3 hisobida yutqazayotgandik. Yigitlarda tushkunlik kuzatildi. Xuddi Elgujada bo'lgan holat Nurmatovda ham bo'ldi. SHu bois SHixovni va Hakimovni tushurdik.


Reyting: -12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика