So’nggi yangiliklar

15:38"Бавария" футболчиси жароҳатдан фориғ бўлди  0 15:11"Манчестер Юнайтед" ҳужумчиси 1 ойни майдон ташқарисида ўтказади  0 14:39"Насаф" "Динамо" етакчисига даъвогарлик қилмоқда  15 14:17"Динамо" назорат ўйинида 7:0 ҳисобида ютди  1 14:14Фабио Каннаваро U-17 ЖЧдаги Ўзбекистон – Италия тўқнашуви ҳақида: "Менинг порлоқ бугуним ва менинг тарихим"  8 13:52Осиё кубоги-2027 саралаши. Тожикистон сафарда йирик ғалабага эришди  3 13:29"Нефтчи": Бугун 10 минг дона чипта сотилди, чунки...  16 12:57Ўзбекистон Австралияни 4:0 ҳисобида ютганини биласизми?  10 12:45Фабио Каннаваро Италиянинг йирик ҳисобдаги мағлубиятига изоҳ бермади  7 12:17"Нефтчи" - "Қизилқум" учрашувига чипталар 2 соатда сотиб бўлинди  11 12:04U-17 Жаҳон чемпионати. Осиёдан учта жамоа қолди  5 11:43Жалолиддин Машарипов: "Каннаваро менга қўнғироқ қилди ва жамоага кераклигимни таъкидлади"  31 10:45ПСЖ Аргентина терма жамоаси футболчиси учун 120 миллион евро беришга тайёр  4 10:07U-17 Жаҳон чемпионати. Бугунги рақибимиз – Италия: улар мусобақани қандай ўтказяпти?  15 09:40Бугун Олимпия терма жамоамиз Хитойга қарши баҳс олиб боради  2

Mirjalol Qosimov: "Bugun ochiq futbol guvohiga aylandik" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Bugun ochiq futbol guvohiga aylandik"

Superliganing 8-turidan o'rin olgan OKMK - "So'g'diyona" (5:3) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Bugungi o'yin uchun har ikki jamoaga rahmat aytgan bo'lardim. Futbolchilar noqulay ob-havoga qaramasdan muxlislarbop o'yin namoyish etib bera olishdi. Muxlislarga ham rahmat, ular bizni oxirigacha qo'llab-quvvatlashdi. G'alaba har doim quvonarli, lekin tarixga aylandi. Biz navbatdagi uchrashuvlarga tayyorgarlikka kirishamiz.

- Jamoaning bugungi va "Lokomotiv"ga qarshi o'yinini taqqoslasak, futbolchilar bugun yorqinroqdek ko'rinishdi. Bu haqida fikringiz?

- Taqqoslaydigan bo'lsak, "Lokomotiv" himoyaviy uslubga ko'proq urg'u qaratdi va markazda uch himoyachi bilay o'ynadi, shuningdek uzun paslarni ko'p ishlatdi. SHuningdek, o'sha o'yin kurashlarga boy o'tdi. Bunday uslubda o'yin boshqacharoq tus oladi. "So'g'diyona" ko'proq mayda va o'rta uzatmalar bilan o'ynadi. Doriev, 8 va 11-raqamli o'yinchilar to'p bilan yaxshi muomala qilishdi. SHuningdek, bugun ochiq futbol bo'ldi.



- Oybek Rustamovning maydondagi joylashuvi o'zgargach jamoangiz g'alabaga erishdi. Bu borada fikringiz qanday?

- Bu sabab emas. 2:0 hisobida g'alaba qozonayotganimizda juda oson gollar o'tkazib yubordik. Futbol shunaqa, bitta vaziyat o'yinni o'zgartirib yuborishi kerak. 2:0 payti hujum qilganimizda ilk golni qarshi hujumdan qabul qilib oldik, ikkinchisini standartdan, uchinchisi esa yana penaltidan.

- Bugungi o'yin yomg'ir ostida o'tdi. SHu sabab to'p uzatishlarda xatoliklar kuzatildi. Bunaqa vaziyatlarda futbolchilarga qanday ko'rsatmalar beriladi?

- Beayb parvardigor, hamma ham xato qiladi. Futbolda bitta kichkina xato ham kechirilmasligi mumkin, bu shaxmat emas. To'pni egallashdan oldin keyingi harakatni o'ylab qo'yish kerak. Bu kabi ob-havo hukmron bo'lgan o'yinlarda to'p nazorati muhim ahamiyat kasb etadi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика