So’nggi yangiliklar

19:37Родри: "Арсенал"дан қасос олишимиз керак"  4 19:18"Арсенал" — "Манчестер Сити". Ҳусанов асосий таркибда  27 19:15"Қизилқум" — "Насаф" 0:0 (Матнли трансляция)  8 18:50Усмоновнинг сўнгги сонияларда киритган голи "Андижон"ни мағлубиятдан қутқариб қолди  25 18:36"Мальорка" — "Атлетико". Таркиблар маълум  0 18:08Туркия Суперлигаси. "Башакшехир"нинг "Аланяспор"га қарши ўйин учун таркиби маълум  15 17:56БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ"нинг "Ал Васл"га қарши ўйин учун таркиби маълум, Ғаниев асосий таркибда  0 15:26"Манчестер Юнайтед" Вальверде эвазига "Реал"га ўз футболчисини беришга тайёр  6 14:38"Арсенал" 80 млн евролик испанни харид қилмоқчи  2 13:58Левченко: "Нега ғалабани мухлислар билан нишонламайман? Барчаси ўйиндаги асаб ва руҳий чарчоқ сабаб"  5 13:14Фергюсон "Манчестер Юнайтед"га қайтмоқчи эканини тан олди  17 12:35Аморимнинг "Реал"даги трансфер мақсади маълум бўлди  6 11:56"Реал" "Ливерпул"нинг навбатдаги юлдузини нишонга олди  11 11:20Месси МЛС тўпурарлар пойгасида етакчилик қилмоқда - 22 та ўйинда 22 та гол  5 10:53Бугун бўлиб ўтадиган "Арсенал" - "Манчестер Сити" баҳси учун жамаоларнинг эҳтимолий таркиби  19

Mirjalol Qosimov: "Bronza medali endi tarixga aylandi. Navbat O'zbekiston kubogiga" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Bronza medali endi tarixga aylandi. Navbat O'zbekiston kubogiga"

Superliganing 26-turidan o'rin olgan AGMK - "Buxoro" uchrashuvida mezbonlar g'alabaga erishishdi (3:1).

- Birinchi navbatda uzoq davom etgan va murakkab o'tgan mavsum yaxshi notada tugagani bilan barchani tabriklayman. Mavsum uchun barchaga rahmat aytaman. Jamoamiz uchun mehnat qilgan qorovuldan boshlab toki rahbariyatga qadar minnatdorchilik bildiraman. Eng muhimi, doim bizni qo'llab-quvvatlab, kerakli pallada AGMKga dalda bo'lgan muxlislarimizga ming rahmat aytaman. O'tgan mavsum jamoamiz ko'ngilgagidek ishtirok etolmaganiga qaramasdan, bizga ishongan va doim elkadosh bo'lgan hammaga tashakkur. Uchinchi o'rin AGMK tarixida kichik bir yangi sahifa. Qadam va qadam ishlashdan to'xtamaymiz va yanada o'sishga harakat qilamiz. Pandemiya munosabati bilan joriy mavsum har doimgidanda qiyin kechdi. Jamoamiz mavsum davomida koronavirus kasalligini ham boshdan o'tkazdi. SHunga qaramasdan tinmasdan mehnat qilgan va maydonga chiqib borini bergan futbolchilarimga rahmat aytmoqchiman. Ha, mavsum davomida o'yinimizda pasayishlar yuzaga keldi. Ikkinchi o'rinni qo'lga kiritish imkoniyati ham tug'ilgandi, biroq bazi o'yinlardagi muvaffaqiyatsizliklar yakunda kumush medaliga ega chiqishimizga to'sqinlik qildi. Raqobatchilarimizga ikkinchi davrada mag'lubiyatga uchraganimiz qimmatga tushdi. Birinchi davrani mag'lubiyatsiz o'tkazganimiz ham AGMK jamoasi tarixidagi kichik bir yoqimli statistika. Bu albatta futbolchilar va menga doim yordam berib kelgan murabbiylar shtabining mehnati.

Yana bir bor barchaga minnatdorchilik bildirib, bizga ishongan rahbariyatga rahmat aytaman. Garchi chempionat tugagan bo'lsada, mavsum hali jamoamiz uchun yakunlangani yo'q. Hayot davom etadi. CHunki bizni seshanba kuni O'zbekiston kubogi doirasidagi "Lokomotiv"ga qarshi muhim bahs kutmoqda. O'zbekiston kubogini qo'lga kiritish vazifasini hech kim bekor qilgani yo'q. Bronza medali bu endi tarix. Biz hali yana ishlashda davom etamiz. Qisqa vaqt ichida koncentraciyani O'zbekiston kubogiga qaratamiz. 20 dekabr kuni O'zbekiston kubogi finali Namanganda o'tadi. Maqsad o'sha kuni Namanganda bosh sovrin uchun kurashda ishtirok etish", - deydi Qosimov.



Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика