So’nggi yangiliklar

13:50"Галатасарой" Мессига қизиқмоқда  2 13:22U-17 жаҳон чемпионати. Ўзбекистонлик ҳакамлар бугун АҚШ — Тожикистон ўйинида ишлашади  1 12:48"Бухоро" ва "Нефтчи" жамоалари ўртасида дуранг қайд этилган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 12:33U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон Европа жамоаларига фақат бир марта ютқазган  10 12:00Championat.Asia ва Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг октябрь ойидаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  0 11:32Левандовски қишда "Барса"дан кетишни режалаштирмаяпти. Унинг 2026 йилнинг ёзида эркин агент бўлиб кетиш эҳтимоли юқори  2 10:41Италиянинг Молдова ва Норвегияга қарши баҳслар учун қайдномаси маълум қилинди  0 10:12Суперлига. Бугун бизни учта учрашув кутиб турибди  11 09:49"Пахтакор" афсонаси, собиқ футболчиси Тўлаган Исоқов вафот этди  11 09:43А Сериянинг октябрь ойидаги энг яхши футболчиси ва мураббийи маълум қилинди  0 09:14ОКМК "Навбаҳор"ни мағлуб этган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  0 08:45Португалия терма жамоаси ЖЧ саралаш учрашувлари учун қайдномасини эълон қилди  3 08:29Суперлига. ОКМК – "Навбаҳор" 3:1   0 08:16Sofascore. Туркияда тўпурарга айланиб олган Шомуродов кечаги баҳсда қандай баҳога лойиқ кўрилди?  12 07:47U-17 ЖЧ. Осиё жамоаларидан ҳар хил натижалар. Кечаги кун натижалари билан танишинг  0

Mirjalol Qosimov: "Ayrimlar hali hamon "Nasaf"ga qarshi o'yinda qolib ketishgandek" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Ayrimlar hali hamon "Nasaf"ga qarshi o'yinda qolib ketishgandek"

Superliga 7-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - OKMK (1:0) bahsidan so'ng olmaliqliklar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Juda muhim g'alabani qo'lga kiritdi raqibimiz. Mag'lubiyatga loyiq o'yin ko'rsatmadik. Birinchi bo'limda sust o'yin bo'ldi, balki bunga ob-havo sabab bo'lgandir. Gol o'tkazib yuborganimizga qadar jamoam juda yomon o'ynadi. Menimcha, ayrim bir futbolchilarimiz hali hamon "Nasaf"ga qarshi o'yinda qolib ketishgan. Ikkinchi bo'limda to'pga egalik qildik, ammo ko'plab vaziyatlar bo'lmadi. "Bunyodkor" tizimli himoyalandi. Bugungi xatolarimizdan xulosa chiqarishimiz kerak. Keyingi o'yinlar haqida o'ylashimiz kerak" - deya aytib o'tdi Mirjalol Qosimov.


- OKMK himoyada tartibli o'ynaydigan jamoalarga qarshi muammolarga duch kelyapti. Bunga sabab nimada?

- Himoyalanadigan jamoalarga qarshi o'ynash oson emas. Bunday holatlarda himoya va hujum o'rtasidagi balansni ushlay olish kerak. Zarba beradigan vaziyatlarda pas o'ynab yubordik. Bu futzal emas. Ikkinchi bo'limda ham vaziyatlar yaratdik, ammo realizaciya oqsadi. Yarimta vaziyatdan ham foydalanish kerak. Oldingi uchrashuvlardek ko'plab vaziyatlar bo'lgani yo'q, sababi raqib yaxshi himoyalandi. Avvalroq aytganimdek, balki ayrimlar hali hamon "Nasaf" bilan o'yin haqida o'ylab yurgandir. Yigitlar oxirigacha kurashishdi. Bugun ob-havo juda dim edi.


- Javohir Ilyosovga etarli raqobatdosh yo'qdek ko'rinmoqda. Ilyosov birinchi bo'limda qo'pol xatoga yo'l qo'ydi. Yozda unga raqobatchi xarid qilinishi mumkinmi?

- Birinchi bo'limda Javohir tushunarsiz xatoga yo'l qo'ydi. Bunday tajribali futbolchi bunday xatoga yo'l qo'yishi yaxshi emas. Darvozabon - yarim jamoa. Biz bugun ko'proq hujumga etibor bergan edik. Ko'ramiz, ertaga nima bo'lishini hech kim bilmaydi. Futbolchilarga ozuqa berishda davom etishim kerak. Menga farqi yo'q, futbolchining yoshi kattami yoki kichik. Maydonda yosh farq qilmaydi.


- OKMKning so'nggi uchrashuvlardagi ajoyib g'alabalari futbolchilarning o'ziga bo'lgan ishonchiga salbiy tasir o'tkazib qo'ymadimi?

- Men ham shu haqda aytdim o'tdim. Ayrim bir shaxslar "Nasaf"ga qarshi o'yindan keyin o'ziga kelishmagandir. Birinchi bo'limda ko'zlarimiz yonmadi. Maydonda "kvadrat" o'ynashdan foyda yo'q. Balki futbolchilar haddan ortiq zavqlanib yuborishgandir, ammo ular bunga loyiq edi. "So'g'diyona" va "Nasaf"ga qarshi yaxshi o'yinlar o'tkazgandik. Bugungi bahs tarixga aylandi, endi keyingi uchrashuv haqida o'ylashimiz kerak.


- OKMK mavsumdagi to'rtinchi o'yinda uchta markaziy himoyachi bilan o'ynay boshladi. Ikkinchi bo'limda esa himoyachi o'rniga boshqa poziciyadagi futbolchi maydonga tushirildi va shundan so'ng jamoangiz vaziyatlarga ega bo'la boshladi. Avvalgi to'rt nafar himoyachi uslubiga qaytish yaxshiroq bo'lmasmidi?

- Chetdan barchasi oson ko'rinadi. Uchta markaziy himoyachi bilan o'ynagan uchrashuvlarimizda, jamoam juda tezkor va yaxshi o'yin namoyish etgandi. Bugun o'yinimiz o'xshamadi va shu sababli o'zgartirishga qilishga majbur bo'ldik. Bahsni bir taktikada yakunlab qo'ysak bo'lar edi, ammo natija bo'lmasa foydasi yo'q. Masalan, "Bunyodkor" jamoasi ham bugun uch nafar markaziy himoyachi bilan o'ynadi va asosan qarshi hujumlar orqali harakat qildi. Ikkinchi bo'limda sxemani o'zgartirganimiz ham foyda bermadi. Raqib bugun to'g'ri himoyalandi va bizning hujumlarimizni bartaraf eta oldi.


- Jamoangiz bugungi o'yindan qanday xulosa chiqarishi mumkin?

- O'zim uchun kerakli oziqa oldim, endi barchasini aytib berishim kerak emas-ku. Har bir uchrashuvdan qandaydir xulosa olamiz. Qaerda rotaciya qilsak bo'ladi yoki qaerdadir o'zgarish qilish mumkinligi haqida bilib olamiz.


- Bir nechta o'yin avval zaxiradan maydonga tushgan futbolchi o'yinni kuchaytira olishi kerak degan manodagi gaplarni aytgan edingiz. Bugun esa jamoangizdagi ayrim bir futbolchilar hali hamon "Nasaf"ga qarshi o'yinda qolib ketgan deb aytyapmiz. Ushbu gaplar jamoangizdagi qaysi futbolchilarga tegishli bo'lishi mumkin?

- Bu gaplarimni noto'g'ri talqin qilish kerak emas. Futbolchilarimiz o'tgan o'yinlarda ajoyib natija qayd etishdi va g'alabani nishonlashga loyiq edilar, ammo tarix bilan yashab bo'lmaydi. O'tgan uchrashuvlarni darhol unutish kerak. Futbolchi shunisi bilan ham professional. Misol uchun, men ham o'ttiz yil avval shunday musobaqada g'olib bo'lganman deb yurmayman-ku. Futbolda har doim isbotlab kelish kerak. Eski g'alaba bilan bo'lajak raqibni qo'rqitib bo'lmaydi. Xafa bo'lish futbolchining o'zi uchun zarar. Men hech kimni yomon bo'lsin demayman. Har bir narsaning meyori bor. Men ham 34-35 yoshimda Rossiyada 90 daqiqa o'ynar edim va terma jamoa safida zaxirada qolib ketgan vaqtlarim ham bo'lgan. Bu normal holat, sababi bosh murabbiy shunday qaror qilgan.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика