So’nggi yangiliklar

02:50ЖЧ-2026 саралаши. Хорватия жаҳон чемпионатида, Германиядан ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:55U-17 Жаҳон чемпионатида 1/8 финалга чиққан илк иштирокчилар маълум бўлди  4 01:33Одил Ҳамробеков: "Эрон термасидаги жамоадошларим финалга чиққанимиз билан табриклашди"  3 01:15Рустам Ашурматов: "Фабио Каннаваро ўзи билганларини ўргатиб, барчасини бирдек олиб бормоқда"  2 01:00Абдулла Абдуллаев: "Ҳақли равишда ғалаба қозондик"  0 00:51Отабек Шукуров: "Йиғин бошлангандан кейин 4 кун мобайнида мураббийлар Мисрнинг қандай ўйнашини уқтириб борди"  3 00:23Элдор Шомуродов: "Замонавий футболда барчасига тайёр туриш керак"  8 00:10Фабио Каннаваро: "Жаҳон чемпионатига чиққандан кейин стратегия тузилган ва биз буни бажариш учун қўлимиздан келганини қиламиз"  13 23:54Мбаппе рекорд ўрнатди  3 23:10Al Ain Cup. Ўзбекистон – Миср 2:0  20 23:01Миср 8 ой деганда илк марта ютқазди  21 22:53Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз  466 22:23"Барселона" "Челси" билан бир ҳимоячи учун курашади  0 22:09Остон Ўрунов миллий термадаги 9 ва 10-голларини урди  6 21:54"Манчестер Сити"га "Борнмут" футболчиси керак  2

Mirjalol Qosimov: "Anchadan buyon bu kabi "kambek" bo'lmagandi" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Anchadan buyon bu kabi "kambek" bo'lmagandi"

Coca-Cola Superliganing 24-turidan o'rin olgan AGMK - "Andijon" (3:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.





- O'yin haqida

- Qiziqarli o'yin bo'ldi. Bu yil anchadan buyon bu kabi "kambek"ni amalga oshirmagandik. Masalan? 0:2 yutqazib turib? yakunda g'alabaga erishgan o'yinimiz bo'lmagandi. Yarim soat ichida 3 ta gol urish – bu yigitlarning mehnati. 

Mavsum oxirida bu kabi og'ir o'yinlar ko'p bo'ladi. CHunki, hisob-kitob vaqti, har bir jamoaga ochko juda kerak. "Andijon" ikkinchi raqam ostida o'ynab, qarshi hujumda vaziyatlardan unumli foydalanishga urinishini bilgandik. Standart vaziyatlar, burchak to'pi va boshqa vaziyatlardan imkoniyat yuzaga keltirishga urinishlarini kutgandik.

Bizga shijoat etishmadi. Kiyinish xonasida yigitlarga shu bajarayotgan ishlaringga ozgina shijoat va xohish qo'shinglar, hammasi yaxshi bo'ladi, deb aytdim. 

Birinchi bo'limda Kasyanda imkoniyat bo'lgandi, biroq u darvozani ishg'ol qila olmadi. Bo'lim davomida to'p ustunga tekkan holat ham xavfli chiqdi.

Hozirda milliy terma jamoamiz yig'ini tufayli ozroq dam olamiz. Keyin yana ishga kirishamiz va navbatdagi tur o'yinlariga tayyorgarlik ko'ramiz. Bizni qo'llab-quvvatlagan barchaga minnatdorchilik bildiraman. 

- Gollarni zaxiradan tushgan futbolchilar kiritishdi. Bu oldindan o'ylangan rejamidi?

- SHogirdlarimning qaysi biri gol ursa ham farqi yo'q, birdek xursand bo'lamiz. Jamoaviy o'yinda hamma bir-birini to'ldiradi. Har bir futbolchi jamoa g'alabasiga o'z hissasini qo'shishi kerak.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика