So’nggi yangiliklar

23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  0 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  0 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  19 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3 18:55Испания терма жамоаси бош мураббийи: "Ле Норман – Европанинг энг яхши ҳимоячиларидан бири"  1 18:24"Бавария" 14 ёшли Ямаль билан шартнома имзоламоқчи бўлган  2 17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  3 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  21 16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  32

Miodrag Radulovich: "O'zbekistonning Jahon chempionatiga borishiga shubham yo'q, bu mamlakat mundialga haqli" Yangiliklar

Miodrag Radulovich: "O'zbekistonning Jahon chempionatiga borishiga shubham yo'q, bu mamlakat mundialga haqli"

O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 saralash bosqichining navbatdagi turida Tehronda Eron bilan kuch sinashdi.

Darvozalarga shu kuni 4 ta gol urilgan o'yinda 2:2 hisobidagi durang natija qayd etildi.  Bu bilan vakillarimiz BAA va Qatar bilan o'yin oldidan juda yaxshi imkoniyatga ega bo'lishdi. Chernogoriyalik mutaxassis Miodrag Radulovich saytimiz jurnalisti Abdulaziz Iskandarovga bu borada o'zining fikrlarini bildirdi. 

"O'zbekiston Jahon chempionati saralash bosqichida ajoyib va barqaror o'yin ko'rsatmoqda. Faqatgina Qatarga qarshi o'z darajasida to'p tepmadi. Ayniqsa Eron bilan jamoa juda yaxshi holatda ekanligi ko'rindi. Taktik va pozicon jihatdan chakki ko'ringani yo'q. Ko'plab vaziyatlar yaratishdi. Ikki bor hisobda oldinga chiqib olishdi. O'sha vaziyatda ular mundial ostonasida turgan edi. 

Abduqodir Husanov, Abbos Fayzullaev, Eldor Shomurodovni jamoaning haqiqiy etakchilari deya olaman. O'tkir Yusupov esa qalqon. O'zbekiston BAA va Qatarga qarshi ikki o'yinda kerakli natijani qo'lga kiritishi va mundialga yo'llanma olishiga shubham yo'q, chunki o'zbek futboli bunga loyiq. U erda futbolni yaxshi tushunadigan muxlislar, rahbarlar bor. Men esa O'zbekistonda ishlaganman va bu mamlakat futbolini doim qadrlayman. Qolaversa, ko'plab do'stlarim bor. Katta muvaffaqiyatni intiqlik bilan kutaman",- deydi Radulovich.

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика