Miloe Prekovich - Dinamo futbolchisi
15 jan 2022 13:52
Yangiliklar
Miloe Prekovich - Dinamo futbolchisi
Klub murabbiylar shtabi qaroriga ko'ra, «Dinamo» klubi serbiyalik darvozabon Miloe Prekovich bilan kelishuvga erishdi. 30 yoshli golkiper bilan bir yillik shartnoma imzolandi. Serbiyalik legioner «Dinamo» safiga erkin agent maqomida qo'shildi.
Miloe Prekovich so'nggi mavsumni Serbiya Superligasi vakili «Vojdovac» klubi safida o'tkazib, jamoaning asosiy posboni bo'lgan. U chempionat doirasidagi barcha – 21 o'yinda ham to'liq to'p to'p tepgan.
Malumotnoma:
Miloe Prekovich
Tug'ilgan sanasi: 1991 yil, 7 iyun.
Tug'ilgan joyi: Serbiya, Arandelovach.
Bo'yi: 192 cantimetr
To'p surgan klublari:
2009-2010 - «Mladenovach» (Serbiya)
2010-2012 - «Kosiche» (Slovakiya)
2013-2014 - «Mladost Lukani» (Serbiya)
2015 - «Sloga» (Serbiya)
2016-2017 - «Enisey» (Rossiya)
2017-2018 - «OFK Belgrad» (Serbiya)
2018-2020 - «FK Indija» (Serbiya)
2021 - «Vojdovac» (Serbiya).
2022 - «Dinamo» (Samarqand).
Bungacha saytimizning "Eshitdik-da!" rukni orqali bu borada xabar qilgan edik.
Eshitdik-da! "Dinamo" serbiyalik posbon bilan kelishuvga erishdi
"Vojdovac" ham Miloe Prekovichning "Dinamo" o'yinchisiga aylanishini elon qildi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar