So’nggi yangiliklar

17:54ОЧЛ-2. "Насаф" - "Кувайт СК". Ойбек Бозоров захирада, асосий таркиблар маълум  1 17:42Умарали Раҳмоналиев: "АПЛда ўйнашни хоҳлардим"  4 17:14Ўзимизнинг карикатура: Ақлдан озаётган Пеп  3 16:47Қаршида бугун ОЧЛ-2 ўйини бор. Стадиондан "қайноқ" суратлар  1 16:14"Гвардиола ҳар нарсада Мессини эслайди"  14 15:45 Рустам Турдимуродов: "Навбаҳор" бизга қарши финал алами билан майдонга чиқади"  11 15:12"Бу ўйинни ўзимиз бериб юбордик"  6 14:50Сервер Жепаров Суперлиганинг энг кучли 5 мураббийи ва 5 футболчиси номини айтди  6 14:20"Футбол олами". Суперлигада қолиш учун кураш авжида ёхуд 25-турдаги барча воқеалар ҳақида   0 13:52"Бавария" "Барселона"дан учралган 1:4 дан кейин кетма-кет 7та ўйинда гол ўтказмай ғалаба қозонди  2 13:21Гвардиола: "Ўзимга зиён етказишни хоҳладим"  14 12:50Левандовски: "Ўзим ҳам ишонмагандим"  5 12:11Эшитдик-да! ЎФАга янги раҳбар қачон сайланиши маълум  17 11:34"Насаф" — "Кувайт СК". Жамоалар қайси рангдаги либосларда ўйнашлари маълум  0 11:10ОЧЛ-2. Бугун "Насаф" "Кувайт СК" билан ўйнайди  15

"Milan"ni yangi mavsumda kim boshqaradi? Yangiliklar

"Milan"ni yangi mavsumda kim boshqaradi?

Jennaro Gattuzoning o'rniga “Milan” bosh murabbiyi lavozimiga kelishi mumkin bo'lgan asosiy nomzodlar to'rtligi bilan tanishib chiqamiz.

Tez orada Jennaro Gattuzoning “Milan”dagi faoliyati o'z nihoyasiga etadi. Klub afsonasi jamoa bilan 2017 yil noyabrda shartnoma imzolagandi. U omadsiz debyutdan keyin ham rahbariyat ishonchiga erisha oldi. Gattuzo bilan birgalikda muxlislar yana CHempionlar Ligasini orzu qilib, unga intila boshladilar hamda uning rahbarligi davrida klubga kelgan Kshishtof Pentek va Lukas Paketa jamoani kundan-kunga kuchaytirmoqda.

Darhaqiqat, “rossoneri” dekabrdan mart oyigacha yaxshi o'yin ko'rsata oldi, lekin oxirgi vaqtlar uning biror ishi o'ngidan kelmadi: sakkiz uchrashuvdan 5tasida mag'lub bo'ldi, futbolchilar esa bor kuchi bilan o'ynamay qo'ydi. Ehtimol, bunga ularning qiziqishi qolmagandir. Muxlislar esa kumirlari hamda rahbariyatdan g'azabda va zudlik bilan yaxshi mutaxassis topishlarini talab qilishmoqda. Sobiq sevimli o'yinchilariga nisbatan ularning ishonchlari yo'qolgan.

4. Jan Pero Gasperini

Gasperini “Yuventus” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U aynan o'sha klubda murabbiylik faoliyatini boshlagan. Turinda 10 yil davomida yoshlar bilan ishladi. Keyin esa “Krotone”, “Jenoa”, “Palermo”, “Inter”da o'zini sinab ko'rdi. Hozir esa “Atalanta”ga ustozlik qilmoqda. U erda uni yaxshi ko'rishadi: Gasperini tufayli o'rtamiyona jamoa CHempionlar Ligasi nomzodiga aylandi va yildan-yilga katta yutuqlarga erishmoqda. Bugungi kunga Gasperini shogirdlari turnir jadvalining to'rtinchi pog'onasini band etib turishibdi: “rossoneri”dan yuqorida! SHuningdek, “Atalanta” Italiya Kubogi finaliga ham chiqa oldi.

61 yoshli murabbiy 3-4-2-1 taktik sxemasidan foydalandi va haqiqatdan ham, hujumda juda xavfli o'yin ko'rsatmoqda. To'g'ri, lekin jamoaning himoya chizig'ini kuchli deya olmaymiz — sababi, bergamoliklar har o'yinda 1,2tadan gol o'tkazib yuboradi. Bu quvonarli holat emas, albatta. Biroq himoyachilar uchligi (Rafael Toloy, Janluka Manchini va Xose Luis Palomino) jamoaga arzimagan 6 mln. funt evaziga kelganini ham unutmaslik lozim. SHuningdek, murabbiy Mattia Kaldara, Frank Kesse, Alessandro Bastoni, Roberto Galyardini va Bruno Konti kabi yosh o'yinchilar bilan yaxshi ishlay oladi. Gasperini milanliklarning mudofaa bilan bog'liq muammosiga barham berishi hamda “Milan”ning yosh o'yinchilari yaxshi o'ynashida ko'maklashishi mumkin. So'nggi paytlarda Italiya ommaviy axborot vositalari “qizil-qoralar” rahbariyati Gasperiniga qiziqish bildirayotgani haqida habar bergan edi.

3. Paulu Fonseka

Fonseka murabbiylik faoliyatini boshlagan klubida futbolchilik karerasini tamomlagandi — Amadora shahrining “Eshtrela” klubi (Portugaliya). Boshqa kichik klublar bilan ishlaganidan keyin u “Portu”, “Braga” kabi klublarga ustozlik qildi. Hozirda Doneckning “SHaxter” klubi bosh murabbiyi hisoblanadi.

Portugaliyalik bu erda muvaffaqiyatli tarzda faoliyat yuritmoqda: klub u bilan bir necha bor chempionlikni qo'lga kiritdi hamda Evrokuboklarda o'zini namoyon qila oldi. Fonseka 4-2-3-1 taktik sxemasidan foydalanadi. U to'pga egalik qilishni afzal ko'radi, yarim himoya esa uning rejasidagi muhim omillardan biridir. Ushbu jamoaning himoya chizig'i ham biroz oqsaydi: 37 o'yinda 38ta gol o'tkazib yuborgan (ECHLni ham hisobga olganda). U futbolchilar bilan yaxshi ishlay oladi va hech qanday sarf-harajatsiz ham jamoani kuchaytirishga qodir. Paulu buni Ukrainada isbotlab bera olgan. Fonseka “Milan” himoyasini kuchaytirishda yordam beradi va hozirgi tarkib bilan jamoa yuqori natijalarni qayd etishi mumkin.

2. Eusebio Di Franchesko

Etiborlisi shundaki, Eusebio Di Franchesko murabbiy bo'lgunga qadar menejer va futbol direktori bo'lgan. U “Peskara”, “Lechche”, “Sassuolo” hamda martda uni istefoga chiqarib yuborgan klub “Roma” bilan ishlagan. Italiyalikning eng yorqin yutug'i — CHempionlar Ligasida “Barselona”ga qarshi kambek hisoblanadi. U agressiv 4-3-3 taktiksini xush ko'radi, uning asosiy quroli esa — qarshi hujumdir. 49 yoshli mutaxassis mudofaa xavfsizligini ikki tayanch yarim himoyachiga topshirgan. U “Sassuolo”da SHime Vrsalko, Greguar Defrel, Lorenco Pellegrini, Matteo Politano va Franchesko Acherbi kabi o'yinchilar o'zini namoyon qilishida ko'maklashgan.

Hozirda ishsiz qolgan Franchesko — eng muqobil variant. Bundan tashqari, “Milan”da uning o'yin uslubiga mos keluvchi futbolchilar talaygina, asosiysi hech narsani o'zgartirishga hojat yo'q.

1. Marko Jampaolo

Marko Jampaolo faoliyati boshlarida murabbiy yordamchisi lavozimida ishlagandi. Ammo u “Kalyari”da butun boshli jamoaga rahbarlik qilgan. Bir qator kichik klublarda ishlab ko'rganidan keyin, Sarridan so'ng “Empoli”ga boshchilik qila boshladi. U erdagi ajoyib faoliyatini ko'rgan “Sampdoriya” mutaxassisni o'ziga chaqirib oldi. SHimoliy italiyaliklar autsayder jamoadan o'rtamiyona klubga aylanishga muvaffaq bo'ldilar — ortiqcha harajatlarsiz!

Marko 4-3-1-2 taktikasiga ko'ra ish ko'radi — bugungi kundagi kamyob sxema. Jampaolo shogirdlari ajoyib kombinaciyaga ega. Jamoaning mudofaa chizig'i ishonchli ekani bilan ham ajralib turadi. SHuningdek, “Sampdoriya” hujumda ham yaxshi harakatlanadi — u “Milan”, “Lacio” va “Torino”dan ko'proq gol urgan klub sanaladi. Bu erda Lukas Torreyra, Duvan Sapata va Milan SHkrinyar o'zini namoyon qila oldi. 4-3-1-2 taktikasi “Milan”ga juda ham mos, sababi klubda bu sxemaga to'g'ri keladigan o'yinchilar bor. CHiroyli hamda samarali o'yinni xush ko'ruvchi muxlislar shveycariyalikni oson qabul qilishlari va uni yoqtirib qolishlari aniq.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика