"Milan"da Pioli o'rnini Konte egallashi mumkin
24 dek 2023 18:34
Yangiliklar
"Milan"da Pioli o'rnini Konte egallashi mumkin
"Milan" rahbariyati Stefano Piolini istefoga chiqarmaslikka qaror qildi.
"La Gazzetta dello Sport" malumotiga ko'ra, futbolchilar, jamoa etakchilari klub rahbariyatiga telefon qilib, Piolini qo'llab-quvvatlagan va istefoga chiqarmaslikni so'ragan. Pioli mavsum yakuniga qadar "Milan"da qolishi kutilmoqda.
O'z navbatida klub 2023 yilning mart oyidan buyon ishsiz bo'lib turgan Antonio Konteni jamoaga olib kelishni reja qilmoqda.
Ayni damda "Milan" A Seriya turnir jadvalida 3-o'rinni egallab turibdi. Jamoa 4-o'rindagi "Bolonya"dan 2 ochko oldinda bo'lsa, "Inter"dan 11, "Yuventus"dan 7 ochkoga ortda qolmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar