Milan Mitrovich: "Penaltilar seriyasidagi omadsizlikda Abdullaevni ham, Jo'rabekovni ham ayblamaslik kerak"
06 okt 2022 19:52
Yangiliklar
Milan Mitrovich: "Penaltilar seriyasidagi omadsizlikda Abdullaevni ham, Jo'rabekovni ham ayblamaslik kerak"
Uchrashuvdan so'ng jizzaxliklar darvozaboni Milan Mitrovichning fikrlari bilan qiziqdik.
|
Sogdiana |
AFC Cup Final Stage . Semi Finals-tur 05/10/2022, 19:00 5
:
3
Tugadi
|
Kuala Lumpur City |
- O'yin haqida...
- "So'g'diyona" ilk bor bunday xalqaro musobaqada ishtirok etdi. Qaysidir manoda biz o'zimiz uchun yaxshigina tajriba to'pladik, deb o'ylayman. OFK kubogini yuqori natijalar bilan boshladik. Biroq yakun unday bo'lgani yo'q. Finalga bir qadam qolgandi. Lekin nima ham qila olardik? Raqibga omad kulib boqdi.
- Jamoaning oxirgi uchrashuvlaridagi natijalari ko'ngildagidek, deb bo'lmaydi. Bu ham ruhiy tomonlama tasir qildimi?
- Albatta. Superligadagi so'nggi 5ta uchrashuvda g'alaba qozona olmadik. 3ta frontad kurash olib borish oson emas. Har uch kunda maydonga chiqish baribir jismoniy tomondan toliqtiradi. Omad etishmayapti. Futbolda muhimi g'alaba qozonish. Jamoamiz qaerdadir qo'sha oldi, qaerdadir yo'q.

- Penaltilar seriyasida almashtirilganingizni qanday qabul qildingiz? O'sha lahzalarda nimalar o'tdi? "Qizilqum" bilan uchrashuvda ham shunday holat takrorlangan, biroq unda raqib futbolchisi xato zarba yo'llagandi...
- Bu murabbiy uchun beriladigan savol. Men javob bera olmayman. Lekin Ulug'bek Baqoevning qarorini hurmat qilaman. CHunki har bir murabbiy jamoasi g'alaba qozonishini istaydi. SHirinboy Abdullaev harakat qildi. Uni biror narsada ayblamaslik kerak. Hattoki penaltini golga aylantira olmagan Jo'rabekovni ham. Bu futbol, tamom.
- Malayziya klubi qaysi jabhada "So'g'diyona"dan ustun o'ynadi?
- Ular o'yinning hech bir qismida bizni mag'lub eta olishmadi. O'z imkoniyatlarini kutishdi va ataylab penaltilar seriyasiga qadar etib borishdi. Maqsadlariga etishdi, xullas. Penaltilar seriyasida hamma narsa bo'lishi mumkin. Bizdan kuchsizroq jamoa omadli bo'lib chiqdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Реал Сосьедад"га мағлуб бўлди
Нани: "Роналдунинг 1000 та гол уриши осон. У бунинг учун керак бўлса энг кучсиз лигага кетади. Унга ҳужжатлаштирилган 1000 та гол керак - Пеле ва Ромарио каби урилган эмас”
ЕЧЛ. "Будё Глимт" ўз уйида "Манчестер Сити"ни ишончли тарзда мағлубиятга учратди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Ўйин бўйича ҳеч қандай уяладиган жойимиз йўқ"
Fikrlar