Milan Mitrovich bilan bog'liq vaziyatda aslida nima bo'lgan edi?
12 avg 2023 13:18
Yangiliklar
Milan Mitrovich bilan bog'liq vaziyatda aslida nima bo'lgan edi?
Murosasiz kechgan bahsda hisob ochilmadi. O'yindagi barchaning diqqatini tortgan vaziyat Milan Mitrovich va bolboylar o'rtasidagi ziddiyatli vaziyat bo'ldi. Biz bu borada aniqlik kiritish maqsadida "So'g'diyona" kiperi Milan Mitrovich bilan bog'landik.
- Milan kecha aslida vaziyat qanday bo'lgan edi?
- Mening narsalarimga tegishga hech kimning haqqi yo'q. Bu mening muqaddas suvim edi.
- Sizningcha suvingizga kim tegingan va olib qo'ygan?
- Bilmayman. Darvoza ortida kim turganini bilmayman. SHunchaki olib qo'ymadi, o'g'irladi. Buning farqi katta.
- Ayrimlar uchun vaziyat o'yin cho'zish holatidek ko'rindi...
- Qolganlarning fikri meni qiziqtirmaydi. Nega muqaddas suvimni o'g'irlagani qiziqtiradi. Mening narsamni o'g'irlashga kimning haqqi bor? Orangizda duo qilgan narsangizni kimdir o'g'irlab ketsa, qanday his qilasiz?

- Uchrashuvdan so'ng mazkur holatga aniqlik kiritish uchun stadiondagilar bilan gaplashdingizmi?
- Yo'q men darhol ketdim. CHunki bizning massajistimiz u erga kelib menga suvni qaytarib berishlarini so'rashganda, ular uni qaytarib berishdi va o'yin tugashi bilan nima bo'lganini o'zlari ko'rishdi.
- Mish-mishlarga qaraganda "So'g'diyona" doktori adashib suvingizni olib ketib qolgan?
- Endi ular meni ayblash uchun turli gaplarni yozishadi. Lekin nima bo'lishidan qatiy nazar menga baribir men shunday munosabatda bo'ldim. Ular men uchun muqaddas narsani o'g'irlashsa, yana javob berishimni aytdim. To'pni yig'ayotgan bolalar bunday qilmasdi. Menimcha, bu odam bolalarga mening suvimni o'g'irlash kerakligini aytgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar