"Milan" Miranda uchun 3-4 mln evro to'lashdan bosh tortdi
30 dek 2023 12:47
Yangiliklar
"Milan" Miranda uchun 3-4 mln evro to'lashdan bosh tortdi
"Milan" "Betis"ning chap qanot himoyachisi Xuan Mirandaning transferi uchun pul sarflashni rejalashtirmayapti.
23 yoshli futbolchi "rossoneri" bilan allaqachon kelishib bo'lgan – transfer mavsum oxirida, ispaniyalikning "Betis" bilan amaldagi shartnomasi tugashi bilan amalga oshiriladi. "MilanReports" xabariga ko'ra, A Seriya grandida yanvar oyidayoq Mirandani qo'lga kiritish imkoni bor, biroq buning uchun 3-4 million evro to'lash talab qilinadi. "Milan" rahbariyati futbolchi transferi uchun hech qanday tovon puli to'lamoqchi emas va yozgacha kutishni afzal ko'rmoqda.
Transfermarkt portali Xuan Mirandaning narxini 9 million evroga baholagan. Lateral ushbu mavsum "Betis" safida 15 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta golli pasga mualliflik qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar