So’nggi yangiliklar

00:55"Манчестер Юнайтед" ва "Челси" "Ланс" ярим ҳимоячиси учун курашади  0 00:39Англия лига кубоги. ​"Кардифф Сити" – "Челси". Таркиблар маълум  1 00:31Каннаваро, Шомуродов ва Файзиев The Best соврини учун кимга овоз беришди?  5 00:18"Барселона"нинг Испания Кубогидаги учрашуви ярим соатга кечиктирилди  0 00:06Испания кубоги. "Гвадалахара" – "Барселона": Тер Штеген бу мавсумдаги илк ўйинида майдонга тушади  0 23:57"У баскетболчими?" – Рафиньянинг рафиқаси ФИФАни танқид қилди  9 23:35Расман: "Динамо" франциялик ҳимоячи билан шартнома имзолади. Унинг охирги клуби – "Аяччо"  9 23:12Дембеле, Ямал, Беллингем, Пальмер – ФИФА 2025 йилги рамзий терма жамоани эълон қилди  5 22:44Усмон Дембеле ФИФА талқинига кўра йилнинг энг яхши футболчиси деб топилди!  9 22:33The Best: Луис Энрике ФИФА талқинига кўра йил мураббийи деб топилди  2 22:14Сауль: "Реал"нинг мухлислари йўқ. Стадионга борсангиз, ҳеч нарсани ҳис қилмайсиз"  8 21:27Акмал Мозговой Жаҳон чемпионатидаги рақиблар, "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги иштироки ва "Банияс" ҳақида гапирди  0 20:55Мусиала 164 кундан сўнг "Бавария"нинг умумий гуруҳида машғулотларида қатнашди  3 20:25Расман: "Аякс" июль ойидан бери клубсиз бўлган "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзолади  1 19:58Мирзаҳаким Тўхтамирзаев "Интерфутбол" кўрсатувининг яралиш тарихи ҳақида сўзлаб берди  4

Migel Alvares: "O'yindagi hisob butkul boshqacha bo'lishi ham mumkin edi" Yangiliklar

Migel Alvares: "O'yindagi hisob butkul boshqacha bo'lishi ham mumkin edi"

Coca-Cola Superliganing 20-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Surxon" (2:3) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Migel Alvares matbuot anjumanida ishtirok etdi.




O'yin haqida

- Juda chiroyli o'yin bo'ldi. Avvalo "Qo'qon-1912" jamoasiga navbatdagi o'yinlarda omad tilayman. Bugun o'zbek futbolidagi yorqin uchrashuvlardan biriga guvoh bo'ldik. Barchasi alo darajada edi, o'yin sifati ham, stadionda muxlislar yaratgan atmosfera ham.

Bu o'yin biz uchun juda muhim edi. G'alabadan keyin to'xtab qolmaymiz va oldinga intilishda davom etamiz. Bugungi g'alabamiz bilan "Surxon" klubining barcha vakillarini, ishchi-xodimlar, futbolchilar, murabbiylar shtabi va umuman jamoaning barcha azolarini tabriklayman. Bizni qo'llab-quvvatlab kelayotgan muxlislardan hamisha minnatdormiz.

Oldinda tur uchrashuvlari bizni kutib turibdi. Qadam ba-qadam o'yindan-o'yinga o'sib boramiz. Bundan tashqari o'tgan o'yinlar bilan taqqoslasak, bugungi uchrashuvni boshqarib borayotgan hakamlar ham juda yaxshi ishlaganliklarini etirof etish joiz.  

- Uchrashuvning so'ngi 10 daqiqalarida jamoangiz kambekka erishdi. Bunda mezbonlarning xatosi nimada bo'ldi deb hisoblaysiz?

- Bugun "Qo'qon-1912" yomon o'yin ko'rsatgani yo'q. Guvohi bo'ldingiz, mezbonlarda vaziyatlar ko'proq ham edi. O'yindagi hisob butkul boshqacha bo'lishi ham mumkin edi. Biz o'yindan oldin raqibni juda yaxshi o'rganib chiqqandik. Bundan tashqari men o'yinning borishidan kelib chiqib taktik uslubni bir oz o'zgartirib qo'ydim. Jamoamiz futbolchilari uchrashuv davomida xuddi askar kabi kurash olib borishdi. SHu kabi omillar, shuningdek ishtiyoq sabab yakunda g'alabaga erishdik.

- O'yin davomida birdaniga 3 ta o'zgarishga qo'l urdingiz. G'alabaga aynan shu o'zgarishlar sabab bo'ldi deb hisoblaysizmi?

- Yo'q, bunday deb o'ylamagan bo'lardim. Jamoada faqat 11 kishi o'ynamaydi. Butun tarkib, masalan 18-20 nafar futbolchi bizning g'alabamiz uchun kurashadi. Bu ham qandaydir omil bo'lishi mumkin, lekin asosiy sabab emas.

- Oldinda jamoangizni kuchli raqiblarga qarshi o'yinlar kutib turibdi. "Surxon"ni Superligada qolish imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Albatta, biz har bir o'yinga bor imkoniyatimizni ishga solgan xolda tayyorgarlik ko'ramiz. Asosiy maqsadimiz jamoani Superligada saqlab qolish. Hozir raqib kim ekanini o'ylaydigan palla emas, biz har bir o'yinda o'z imkoniyatlarimizdan maksimal tarzda foydalanishga harakat qilamiz.

- "Surxon" homiylari jamoaga yaxshi etibor qaratsa, kelgusida siz va ispaniyalik murabbiylar shtabi klubni yanada kuchaytirish maqsadlaring bormi?

- Hozir asosiy maqsad jamoani Superligada saqlab qolish. Nafaqat ispaniyalik, balki mahalliy murabbiylarimiz bilan ham biz bir oiladekmiz. Albatta jamoani kelgusida yanada kuchli bo'lib shakllanishiga o'z hissamizni qo'shishni maqsad qilganmiz.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика