So’nggi yangiliklar

20:50Ёмғирли ГАЛЕРЕЯ  1 20:41Бир йил футбол ўйнамаган Неймар ОЧЛ баҳсида майдонга тушиши мумкин  0 20:38Оллоберган Каримов: "Орзуларимдан бири амалга ошди. Аргентина билан муносиб ўйнадик"  0 20:20Англия футбол ассоциацияси Гвардиола билан боғланди, мураббий тез орада қарор қабул қилади  0 18:51Жамшид Искандеров: "Йигитлар эртанги ўйинга 100 фоиз тайёр!"  8 18:39Аббос Файзуллаев - ЦСКАнинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси  5 18:22ЎФА ходими: Файзуллаев эртанги ўйинга тайёр   9 17:43Роналду "Барселона" футболчиси билан ҳазиллашди  6 17:25"Барселона" раҳбарияти Хавидан iPhone ва iPad'ларни қайтаришни сўрамоқда  13 17:01Испаниянинг мағлубиятсиз серияси нечта ўйинга етди?   2 16:45Аббосбек Файзуллаев эртага майдонга туша оладими?!  20 16:41Тошкентга келган БАА ҳужумчиси охирги уч ўйинда дарвозага умуман аниқ зарба бермади  13 16:36"Арсенал"ни стандартлар бўйича Европанинг энг кучли жамоасига айлантирган мураббий  1 16:20"Барселона" "Арсенал"дан текинга футболчи олмоқчи  0 16:01Симеоне январда кетмоқчи эмас  0

"Metallurg" uch nafar legioner bilan shartnoma imzoladi Yangiliklar

"Metallurg" uch nafar legioner bilan shartnoma imzoladi

Mamlakat XXXIII milliy chempionati arafasida Bekobodning "Metallurg" jamoasi o'z tarkibini kuchaytirishga jiddiy etibor qaratmoqda.

Qishki transfer oynasi ochilishi hamon klub rahbariyati uch nafar xorijlik futbolchi bilan kelishuvga erishdi.

Superliga-2023 mavsumi yakunida "Metallurg" jamoasi bilan shartnoma muddatini yana uch yilga uzaytirgan bosh murabbiy Vesko Steshevich ikki nafar hamyurtini Bekobod klubida o'ynashga ko'ndirdi. Ularning har ikkalasi hujumkor futbolchilar ekanligi etiborga molik. O'tgan mavsumni Litvaning "Jalgiris" (Vilnyus) jamoasida o'tkazgan Marko Milichkovich markaziy hujumchi ampluasida ko'proq maydonga tushadi. 

CHernogriyaning "Arsenal" klubidan kelayotgan Boban Jorjevich esa ko'proq hujum ortida o'ynaydi. Jamoaning hujumlarini tashkil etish va imkon tug'ilishi hamon boshlangan kombinaciyani yakunlashni xush ko'radigan Boban "Metallurg"ning oldingi chizig'ini kuchaytirishi kutilyapti.

Bekobodliklarning himoya chizig'ida esa tajribali Davronjon Ergashev paydo bo'layapti. "Bunyodkor" bilan shartnomasi tugab, erkin agentga aylangan tojikistonlik futbolchi ham faoliyatini "Metallurg" bilan bog'lashga qaror qildi. SHuning barobarida bekobodliklar legioner o'yinchilar limitidan to'liq foydalanib bo'lishganini ham qayd etish lozim.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика