So’nggi yangiliklar

12:36Ямалдан яна бир натижа: у собиқ жамоадошининг Ла Лигадаги рекордини янгилади  0 12:12"Нефтчи" пешқадамга айланди, Файзуллаев дебют қилди, Ашурматов қачон сафга қайтиши аниқ – 21 август кунги энг муҳим хабарлар битта саҳифада   1 12:00Ўзбекистон Кубоги. "Бунёдкор" - "Бухоро" учрашуви 27 августга кўчирилди  2 11:39Эксперт фикри. Иброҳим Отахонов: "Андижон"га нафақат бугун балки кейинги ўйинда ҳам осон бўлмайди"  0 11:10"Қалдирғочлар" қаршисида "чақилмас ёнғоқ": "Қизилқум" – "Бунёдкор" учрашувини кўриш учун 7 та сабаб  1 10:50"Манчестер Юнайтед"га 21 ёшли футболчи керак  1 10:25Родригонинг вакиллари Англияда  6 10:1025 август куни ЎФФ раҳбарияти иштирокида брифинг бўлиб ўтади  0 09:52Луис Энрике: "Танқидларни тўғри тушунаман"  0 09:37Суперлига. Бугунги учрашувларни кимлар шархлайди?  12 09:24Кунде: "Рекордни янгиламоқчиман"  0 08:57"Ювентус" Артурни ижарага беради  1 08:27Sofascore. Кечаги учрашувда Шомуродов ва Файзуллаев неча баҳога лойиқ кўрилди?  13 08:00Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" - "Крайова" 1:2  5 07:56Суперлига. Бугун бизни яна иккита учрашув кутиб турибди  13

"Metallurg” nazorat uchrashuvida "Bunyodkor"ga yutqazdi Yangiliklar

"Metallurg” nazorat uchrashuvida "Bunyodkor"ga yutqazdi

Teglar :  BunyodkorMetallurg
Bugun poytaxtimizdagi “Bunyodkor” akademiyasi maydonida mezbonlarga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazgan Bekobodning “Metallurg” jamoasi 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Uchrashuvning birinchi bo'limi teng kurashlar ostida kechdi. Mezbonlar ham, mehmonlar ham xavfli vaziyatlar yaratishgan bo'lishsa-da, ulardan foydalana olishmadi. Bunda himoyachilar va darvozabonlarning xizmati katta bo'ldi.

O'yinning ikkinchi taymida “Metallurg” ustozlari tarkibni to'liq o'zgartirdi. Amalda zahirada qolib ketayotgan va yoshlar tarkibi azolaridan tashkil topgan tarkib tashabbusni maydon egalariga to'liq berib qo'ydi. Natija ham shunga yarasha bo'ldi. Vadim CHemirtan boshlab bergan gollar shousini “Bunyodkor”ning yoshlar tarkibi vakillari davom ettirishdi. Ikkinchi golni Mirjahon Miraxmatov o'yindan, uchinchi golni Farrux Ikromov penaltidan kiritdi. Agarda Zafar Safaev yana bir qator vaziyatlarda jamoasini muqarrar gollardan saqlab qolmaganida, hisob bundan-da yirik ko'rinish olgan bo'lardi.

“Metallurg” (1-taym): S.Sultonov, D.Karimqulov, H.Hoshimov, D.Odilov, M.Sulaymonov, I.Isoqjonov, M.Toshmatov, J.Abdumo'minov, A.No'monov, A.Ziyovuddinov, Z.Abdullaev.
“Metallurg” (2-taym): Z.Safaev, J.Ahmedov, V.Magerramov, A.Toshqo'ziev, M.Qahramonov, K.Kopadze, F.Namozov, U.Rahimov, S.Qodirqulov, D.Ismoilov, T.Usmonov.
"Bunyodkor": D.Hamroev, A.Komilov, D.Michich, J.Mirabdullaev, X.G'iyosov, J.Ibrohimov, M.Qosimov, S.Azimov, N.To'xtasinov, SH.Nurmatov, V.CHemirtan.


"Metallurg" matbuot xizmati


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика