"Metallurg" bosh murabbiy Grigoriy Kolosovskiy bilan xayrlashdi
03 noy 2024 11:55
Yangiliklar
"Metallurg" bosh murabbiy Grigoriy Kolosovskiy bilan xayrlashdi
"2024 yilgi mavsum tugashiga to'rt tur qolganda “Metallurg” professional futbol klubi jamoa bosh murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy hamda uning yordamchisi Denis Toymencev bilan ikki yoqlama kelishuvga ko'ra shartnomani to'xtatdi. “Metallurg” PFK Kolosovskiy hamda Toymencevga klubdagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildiradi va ularning kelgusi ishlariga omad tilaydi.
Bugun OKMKga qarshi bo'lib o'tadigan Toshkent viloyati derbisiga jamoani faoliyatini davom ettirayotgan murabbiylar shtabi olib chiqadi. Jamoa boshqaruvida yuz beradigan o'zgarishlar borasida qo'shimcha malumot beramiz", — deyiladi klub xabarida.
Eslatib o'tamiz, "Metallurg" Superligada 22ta o'yindan so'ng ayni damda 15 ochko bilan so'nggi, 14-o'rinda bormoqda. Jamoa bugun 23-tur doirasida OKMK bilan bahs olib boradi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar