So’nggi yangiliklar

21:11Ўзбекистон терма жамоаси йиғини бошланди, Машарипов ва Шукуровдан интервью  1 21:09Ўзбекистон МТЖ Эрон ва БАА қарши ўйинларга тайёргарликни бошлади  5 21:00"Барселона"да жароҳатланганлар сафига яна бир футболчи қўшилди  1 20:40"Мен халқаро танаффусларни яхши кўраман! Ҳар икки ҳафтада шундай бўлишини хоҳлардим!" — Гвардиола  0 20:08Испания футболи афсонаси фаолиятини якунлади  10 19:50"Сўғдиёна" назорат ўйинида "Олимпик"ни 3 та тўп фарқи билан енгди  0 19:37Ўзбекистон U-20 терма жамоасининг Жанубий Америкага йўл оладиган таркиби маълум  3 19:20Евгений Жук: "Бугун, айнан бугун менинг она шаҳрим Киев 5 соат ўққа тутилди"  15 19:18Кападзе навбатдаги икки ўйинда миллий жамоамизни бошқарса...  35 19:02Жалолиддин Машарипов: "Катанец билан бундай ҳолат рўй бериши биринчи марта эмас"  16 19:00Ихор Корсун: "Турнир давомида бизни қўллаб-қувватлаб турган ўзбекистонлик ва қозоғистонлик мухлисларга миннатдорчилик билдираман"  0 18:41Эшитдик-да! Ўзбекистон терма жамоаси КХДРга қарши сафар учрашувини Лаосда ўтказади  4 18:31Даниил Абакшин: "Энг яхши тўпурар ва ассистентлар сафида бўлиш ёқимли"  0 18:18Уассини Гирио: "Ҳисоб 0:2 пайти гол урдик, кейин нималар бўлганини билмайман"  0 18:07Суҳайл Муҳиддин: "Украинага қарши ўйинга тайёр эмасдик"  0

"Metallurg" 4 nafar futbolchi bilan shartnoma imzoladi Yangiliklar

"Metallurg" 4 nafar futbolchi bilan shartnoma imzoladi

Teglar :  MetallurgSuperliga
Mavsum yaqinlashgan sayin Superliga jamoalari o'z tarkiblarini kuchaytirish harakatini ko'rishmoqda.

Jumladan, muxlislar 2018 yilgi mavsumda Bekobodning “Metallurg” jamoasida ham bir qator yangi nomlarni ko'rishadi. O'tgan hafta yig'in yakunlariga ko'ra jamoa ko'rigida bo'lib turgan Dilyorbek Irmatov bilan shartnoma imzolandi.

Dilyorbek Irmatovni futbol muxlislari Farg'onaning “Neftchi” jamoasidagi ishtiroki orqali yaxshi tanishadi. Irmatov bungacha sakkiz mavsum “Neftchi”da muvaffaqiyatli to'p tepgan.

Tez orada bekobodliklar safini to'ldirgan o'yinchilarning qaysi raqamlarda maydonga chiqishi malum bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, Dilyorbekka qadar “Metallurg” darvozabon Nikita Ribkin, himoyachi SHerzod Fayziev hamda yarim himoyachi SHahzodbek SHaymanovlar bilan shartnomani rasmiylashtirgan edi. Quyida ushbu futbolchilar haqidagi malumotlar bilan tanishing:


Nikita Ribkin

20 yanvar 1991 yilda tug'ilgan, 27 yoshda
2018 yildan “Metallurg” bilan shartnoma imzoladi.
2011-2016 yillarda “Paxtakor”, 2016-17 yillarda “Qo'qon 1912” jamoalarida o'ynagan. Oliy ligada jami 36 uchrashuvda darvozani qo'riqlagan. 2015-16 yillarda O'zbekiston Superkubogida o'ynagan, 2011 yili O'zbekiston kubogi sohibi bo'lgan, 2012, 2014, 2015 yillarda O'zbekiston chempioni bo'lgan.


Dilyorbek Irmatov

30 aprel 1989 yilda tug'ilgan, 28 yoshda
2018 yildan “Metallurg” bilan shartnoma imzoladi.
2010-2017 yillar oralig'ida “Neftchi” jamoasi sharafini himoya etgan. 187 uchrashuvda maydonga chiqib, 5ta gol urgan, 48 marta ogohlantirilgan, 1 marta maydondan chetlatilgan. O'tgan mavsumda 27 o'yinda maydonga tushib, 4ta sariq kartochka ishlagan va shulardan ikkitasini bitta o'yinda olganligi bois maydondan chetlatilgan.


SHerzod Fayziev

6 fevral 1992 yilda tug'ilgan, 26 yoshda.
2018 yildan “Metallurg” jamoasi bilan shartnoma imzoladi.
Ikki karra O'zbekiston chempioni (2016, 2017), ikki marta O'zbekiston kubogi sohibi (2016, 2017). 2011-15 yillarda “Mashal”, 2016-17 yillardan “Lokomotiv”da o'ynagan. Oliy liga musobaqalarida jami 101ta uchrashuvda maydonga chiqqan. 80 uchrashuvda asosiy tarkibda boshlagan bo'lsa, 21ta uchrashuvda zahiradan o'yinga qo'shilgan. 2ta gol urgan. 7 marta ogohlantirilgan. Bir mavsumda 3tadan ko'p sariq olmagan. Maydondan chetlatilmagan.


SHahzod SHaymanov

2 aprel 1992 yilda tug'ilgan, 25 yoshda.
2018 yildan “Metallurg” bilan shartnoma imzoladi.
2012 yildan “Mashal” tarkibida o'ynab kelgan. 2014 yilgi mavsumning birinchi yarmini “Andijon” safida o'tkazgan. Oliy liga musobaqalarida jami 114 ta uchrashuvda maydonga chiqqan, 11 ta gol kiritgan, 21 marta ogohlantirilgan. 2013 yili mamlakat birinchiligi g'olibi bo'lgan, 2015 yili esa O'zbekiston kubogining finalida o'ynagan.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика