So’nggi yangiliklar

02:01Италия Суперкубоги. Нереснинг дубли "Наполи"га соврин олиб берди  1 01:27Элит ОЧЛ. Ҳамробеков жамоаси сўнгги дақиқаларда ғалабани илиб кетди, "Ал Ҳилол" ва "Ал Аҳли" меҳмонда зафар қучишди  0 01:05"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"  8 00:26Ироқ. Шерзод Темировнинг голи "Эрбил"ни мағлубиятдан қутқариб қолди, у 8 та баҳсда 8 та гол урди  3 00:00"Бунёдкор" уч футболчи билан шартномани узайтирди  0 23:41Расман: "Барселона" ва ПСЖ собиқ юлдузи 32 ёшида фаолиятини якунлади  1 23:13Рақиб қизил олса, "Ливерпул"га қийинроқ, "Эвертон"нинг кучи ҳам, заиф нуқтаси ҳам Грилиш. Топ чемпионатлар учрашувларидаги ўзига хос тактика ҳақида  1 22:53"Ғазалкент" машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  4 22:24Рўзиқул Бердиев: "Ал Иттиҳод" юлдузларга бой кучли жамоа"  6 22:04"Қизилқум" Шукуров билан шартома имзолади  1 21:33"Навбаҳор" Тошкентда йиғинни бошлади (ФОТО+ВИДЕО)  1 21:08Туркия. Шомуродов ва Файзуллаев гол урди, "Башакшехир" йирик ғалабага эришди  21 20:28Винисиус яхши ўйнамаётганини тан олмоқда, аммо...  5 19:50Европа топ-лигаларидан 136 нафар футболчи "йўқ" бўлиб қолди. Африка миллатлар кубоги режаларига ўзгартириш киритадиган клублар ҳақида   2 19:39Зайниддин Тожиев: “Ғазалкент” бутун эътиборни ёшларга қаратади, Про лигада 6 та жамоа жуда камлик қилди"  1

Mesut O'zil hozir qaerda? Yangiliklar

Mesut O'zil hozir qaerda?

Germaniyada tug'ilgan turk aslli futbolchi 5-6 yil oldin jahon futbolidagi eng yaxshi assistentlarning oldida borar edi.

Bir paytlar "El Klasiko"ni ajoyib paslari bilan bezagan, "bundestim"ning asosiy figurasi bo'lgan Mesut bugun yashil maydonning tashqarisida.

U Turkiya prezidenti bilan tushgan rasmi tufayli Germaniyada protestga uchraganidan keyin terma jamoadagi faoliyatini yakunlagandi (2018). 

2020 yilda esa Uyg'ur musulmonlarini himoya qilgani uchun "Arsenal" rahbariyati tomonidan tarkibdan chiqarib tashlandi.

O'zil shundan keyin Istanbulga yo'l olib, bolalikdagi orzusi — "Fenerbahche" tarkibiga qo'shildi. Buning uchun MLS va arab klublaridan kelgan jozibali takliflarni rad qilib, dastlabki 6 oy tekinga o'ynashga rozi bo'ldi.

Garchi turk emas, olmon terma jamoasini tanlagan bo'lsa ham, Istanbulda O'zilni qadrlashadi. U yakuniga etgan mavsumni "Fener" sardori sifatida boshladi. 

Ammo joriy yilning mart oyida xuddi "Arsenal"da bo'lgani kabi tarkibdan chiqarib tashlandi. Bunga sabab sifatida jamoa ustozi Ismoil Kartal bilan janjallashib qolgani aytildi...

Bir necha kun oldin "Fenerbahche" murabbiylar shtabida o'zgarish ro'y berdi. Afsuski, jamoani qabul qilib olgan portugaliyalik Jorge Jezus ham O'zilning xizmatlariga ehtiyoj sezmasligini bildirdi. Aniqrog'i, Mesutning bolalikdagi orzusi 33 yoshli yarim himoyachidan voz kechyapti.

Ammo O'zilning o'zi Istanbuldan ketishni istamayapti. U tvitterdagi sahifasi orqali yakuniy qarorini malum qildi: "Fenerbahche"ga faoliyatimni yakunlash uchun kelganman. Jamoa bilan yana 2 yilga amal qiladigan shartnomam bor. Bu muddat ichida hech qanday takliflarni ko'rib chiqmayman va 2024 yilda butsalarimni mixga ilaman.

Rahbariyatning men to'g'rimdagi qaroriga hurmat bilan qarayman va har doim "Fenerbahche"ga yordam berish uchun tayyor holatda bo'laman".

Sizning bu masaladagi fikringiz qanday? Jamoangizda Mesut O'zil bo'lsa, uni tarkibdan chiqarib yuborarmidingiz?

Messi va Estoniya termasi haqida

Muallif :
Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика