Messining shaxsiy samolyoti Belgiyada favqulotda qo'nishni amalga oshirdi
03 apr 2020 18:22
Yangiliklar
Messining shaxsiy samolyoti Belgiyada favqulotda qo'nishni amalga oshirdi
"Barselona" hujumchisi Lionel Messining shaxsiy samolyoti favqulotda qo'nishni amalga oshirdi.
Xabar berilishicha, samolyot Argentinadan uchgan va Braziliyaga ham to'xtab o'tgan, shundan so'ng juma kuni ertalab Bryusselga kelgan. Keyinchalik esa Tenerife (Kanar orollari, Ispaniya)ga yo'l olishi kerak bo'lgan, ammo samolyot texnik sabablarga ko'ra Bryussel aeroportiga qaytib qo'ngan.
Hozircha bortda argentinalik futbolchi bo'lganmi yoki yo'q, bu haqda malumot berilmagan.
Eslatib o'tamiz, Mesi Gulfstream V samolyotini 2 yil avval 13 million evroga xarid qilgan edi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar