So’nggi yangiliklar

19:00"Қизилқум" – ОКМК. Таркиблар эълон қилинди  0 18:28"Хоразм" – "Бунёдкор". Таркиблар билан танишинг  3 18:22"Қўқон-1912" – "Навбаҳор". Таркиблар маълум  2 17:54"Келиб олиб кетинглар!" Ниакате чемпионлик Марокашга олиб берилганидан даҳшатда  0 17:44Даҳшатли талаб! "Атлетико"нинг 55 минг мухлиси финалга бормоқчи, аммо чипталар етмайди  1 17:31"Реал"да катта хавотир: Куртуа "Атлетико"га қарши супердербини ўтказиб юборадими?  2 17:20Расман: Кудряшов жамоадан кетди. "Сурхон"ни вақтинча Анвар Ғофуров бошқаради   1 17:03Энрике "Челси"ни тор-мор этгач лол қолдирди: "Бизнинг иккита голимиз ўйин тақдирини ҳал қилиб бўлганди!"  1 16:55Ўзбекистон Жаҳон чемпионати арафасида Европанинг топ терма жамоасига қарши ўйнаши мумкин  13 16:46Котрина Кулбите: "Тарих яратишга бир қадам қолди"   2 16:26Дик Адвокат "Фейеноорд"да Робин ван Персига маслаҳатчи бўлади  1 16:21Гвардиола "Реал"ни "Манчестер Сити"нинг энг қийин рақиби деб ҳисобламайди  9 15:20Жалолиддин Машарипов: "Узоғи билан 1 ойда умумий гуруҳга қайтаман"  4 13:40ФИФА Эронга умид билдирмоқда  2 13:13Сенегал футбол федерацияси Африка кубоги финалидаги қарорни CASга олиб чиқади  2

Messiga termada kim eng yaxshi sherik bo'la oladi? Yangiliklar

Messiga termada kim eng yaxshi sherik bo'la oladi?

Argentina terma jamoasida hech qachon hujum chizig'i muammo bo'lmagan.

Doimo futbolchilar ko'p, raqobat ham juda kuchli. Biroq termaning asosiy yulduzi - Leo Messi. Jahon chempionati yaqinlashmoqda. Xo'sh, mundialda unga kim yaxshi sherik bo'la oladi?

Uch nafar nomzod bor - Gonsalo Iguain, Serxio Aguero va Mauro Ikardi. Qolganlar esa - qari (Teves), shijoatsiz (Palasio), xasis (Lavessi), kuchsiz (Driussi), biroz charchagan (Di Mariya). Hozir bahor, Xorxe Sampaolining oldida ko'p bo'lmagan, biroq etarlicha vaqt bor.

Mauro Ikardi

Asosiy tarkib uchun imkoniyati: 20 foiz

"Inter" sardori rafiqasi Maksi Lopesning "quli"ga aylanib qolgani uchun Messi va terma jamoadoshlari oldida ko'rinmas odamdek bo'lib qoldi va shu sababli milliy terma jamoada juda kam o'yin o'tkazmoqda. Sampaoli uni dastlabki ikki rasmiy o'yinda maydonga tushirgan va ko'p narsalarni kutgandi. Biroq u Urugvay va Venesuela bilan uchrashuvlarda o'zini ko'rsata olmadi.

Batistuta Mauroni himoya qildi va bir kun kulib Ikardi Messini ortda qoldirib ketishini aytdi. Biroq hujumchiga jamoaviylik etishmayapti, undan tashqari milliy termada bahslarda kam ko'rinish berayotgani ham uning o'yin amaliyotiga jiddiy tasir ko'rsatmoqda.

Muammo shundaki, murabbiy Ikardining joyini to'g'ri topib, yaxshi vazifalar bermayapti. SHunday bo'lsa u albatta vazifalarni bajara oladi. Balkim u JCH-2018da yaxshi qatnashmas, ammo JCH-2022ga borib, Aguero, Messi, Iguainlarning yoshi biroz qariydi. O'shanda u milliy termaning asosiy futbolchisiga aylanar.

Serxio Aguero

Asosiy tarkib uchun imkoniyati: 50 foiz

U 2017 yili milliy terma uchun o'tkazgan oxirgi o'yinida Nigeriya termasi darvozasini ishg'ol etdi. Tanaffusda esa hushidan ketib, Krasnodardagi shifoxonada o'ziga kelgandi. Biroq undan keyin ham Kun o'zini yo'qotib qo'ymadi. Hali ham foydali, barqaror. Gabriel Jezus jarohat olganidan keyin Aguero ketma ket 15 uchrashuv o'tkazdi. Balkim u Messi kabi sermahsulmasdir, biroq juda kuchli futbolchi.

Sampaoli Moskvadagi matbuot anjumanida Leo va Serxio juftligini maqtagandi. Aguero kichik paslarni juda yaxshi beradi. SHuningdek, raqib himoyachilari oldida yaxshi poziciya tanlay oladi va hujumni yakunlashda ham ideal darajada.

Biroq u ham milliy termada katta raqobat qilishi kerak. Kunning hozirgi jismoniy holati juda yaxshi darajada. Balkim u asosiy tarkibda maydonga tushar.

Gonsalo Iguain

Asosiy tarkib uchun imkoniyati: 30 foiz

Sampaoli bir vaqtlar Gonsaloni milliy terma uchun yaxshi emas deb aytgandi.

U Argentina termasining Amerika kubogidagi so'nggi 3 finali maydonga tushdi va o'zidan yaxshi taassurotlar qoldira olmadi. Biroq u juda chaqqon va poziciyani yaxshi tanlaydi. O'yinga temp qo'sha oladi. Sampaoli uning mana shu jihatidan foydalansa bo'ladi. Biroq Gonsalo tezkor emas. Albatta, gollar urishni eplaydi, ammo uning jismoniy holati super darajadamasligini ko'rsak bo'ladi. Ammo, kim biladi deysiz, u ham jahon chempionati startigacha o'zini ko'rsatar...

Mirjalol Normatov tarjima qildi

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика