So’nggi yangiliklar

21:33"Навбаҳор" Тошкентда йиғинни бошлади (ФОТО+ВИДЕО)  1 21:08Туркия. Шомуродов ва Файзуллаев гол урди, "Башакшехир" йирик ғалабага эришди  13 20:28Винисиус яхши ўйнамаётганини тан олмоқда, аммо...  2 19:50Европа топ-лигаларидан 136 нафар футболчи "йўқ" бўлиб қолди. Африка миллатлар кубоги режаларига ўзгартириш киритадиган клублар ҳақида   2 19:39Зайниддин Тожиев: “Ғазалкент” бутун эътиборни ёшларга қаратади, Про лигада 6 та жамоа жуда камлик қилди"  1 19:21Тимур Кападзе: "Колумбия билан учрашув кўп нарсани ҳал қилади"  27 19:00Сержиу Консейсау: "Насаф"нинг ўйин сифати эгаллаб турган ўрнидан мутлақо фарқ қилади, лекин биз тайёрмиз"  6 18:54"Насаф" "Ал Иттиҳод"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  3 18:38"Сўғдиёна" хавбеки "Навбаҳор"га ўтмоқда  4 18:10"Челси" ҳимоячисини қўйиб юборишга тайёр  0 17:36Бруну Фернандеш тахминан 1 ойга сафдан чиқди — ОАВ  1 17:05Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди  29 16:38ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон йилни 50-ўринда якунлади  23 16:21Африка Кубоги ғолиби қанча маблағ ишлаб олиши маълум бўлди  1 15:46Игорь Сергеев йил футболчиси бўлишда Жамшид Искандеровни қанча фарқ билан ортда қолдирди?  5

Messi va PSJ shartnomani uzaytirish masalasini muhokama qilishmoqda. Leo CHempionlar ligasida gol urish bo'yicha Ronalduning rekordini yangilashni va Amerika Kubogi-2024'da g'olib chiqishni istaydi Yangiliklar

Messi va PSJ shartnomani uzaytirish masalasini muhokama qilishmoqda. Leo CHempionlar ligasida gol urish bo'yicha Ronalduning rekordini yangilashni va Amerika Kubogi-2024'da g'olib chiqishni istaydi

Teglar :  Lionel MessiPSJ
Lionel Messi va PSJ klubi o'zaro shartnomani uzaytirish borasida muzokaralarni davom ettirmoqda.

Futbolchi va klub o'rtasidagi amaldagi kelishuv joriy mavsum oxirigacha amal qiladi. L'Equipe nashrining yozishicha, tomonlar hamkorlikni davom ettirishni muhokama qilmoqda, ular yana bir nechta tafsilotlarni kelishib olishlari kerak.

Ulardan biri yangi shartnomaning amal qilish muddati sanaladi. SHu bilan birga, PSJ moliyaviy feyr-pley bilan hisoblashishi lozim, chunki UEFA klubga nisbatan 65 million evro jarima belgilagan, uning 10 millioni yaqin orada to'lanishi kerak. Qayd etilishicha, klub futbolchi bilan shartnoma imzolaganidan keyin uning atrofidagilarga komissiya pulini to'liq to'lamagan.

Qatar amiri argentinalik futbolchini tarkibda saqlab qolish niyatida. Yaqin bir necha hafta ichida Messining otasi va PSJ rahbariyati o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tadi.

"Inter Mayami" Lionelni o'z safiga qo'shib olmoqchi, ammo hujumchining o'zi MLSga o'tishni istamayapti, chunki u Evropaning top-klubida o'ynash niyatida, qolaversa, terma jamoa bilan Amerika kubogida g'olib chiqish uchun yuqori formasini saqlab qolmoqchi.

SHuningdek, CHempionlar ligasida urilgan gollar soni bo'yicha ayni paytda Krishtianu Ronaldu to'purar sanaladi - portugaliyalik forvard ushbu turnirda 140 ta gol urgan. Messi 129 ta to'p bilan 2-o'rinda va hujumchi ushbu rekordni yangilashni istaydi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика