Messi telekameraga MLSning yangi qoidalaridan noroziligini bildirdi
15 may 00:42
Yangiliklar
Messi telekameraga MLSning yangi qoidalaridan noroziligini bildirdi
"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi MLS doirasida "Monreal"ga qarshi bahsda telekamera qarshisida norozilik kayfiyatini namoyon qildi.
Birinchi bo'lim yakunlari arafasida argentinalik futbolchiga nisbatan qo'pollik ishlatildi va unga tibbiy yordam ko'rsatildi. Biroq uning darhol maydonga qaytishiga ruxsat berilmadi.
MLS joriy mavsumdan boshlab yangi qoidalarni kuchga kiritdi, unga ko'ra, maydon chetida tibbiy yordam olgan futbolchi maydonga faqatgina ikki daqiqadan keyin qaytishiga ruxsat beriladi.
"Bunday qoida joriy etilib, xatoga yo'l qo'yilmoqda", — deya jahl bilan munosabat bildirdi Messi.
Biroq bu jarayon "Inter Mayami"ga salbiy tasir o'tkazmadi. Aksincha, Matias Roxas 25 metrlar masofadan jarima zarbasini golga aylantirdi.
Fikrlar