Messi Suaresga: "Sen haydalishga loyiq emasding"
25 sen 2020 15:48
Yangiliklar
Messi Suaresga: "Sen haydalishga loyiq emasding"
"Barselona" yulduzi Lionel Messi hujumchi Luis Suaresning Madridning "Atletiko" klubiga o'tgani haqida o'z fikrlarini bildirdi.
"Seni boshqa libosda ko'rish g'alati bo'ladi. Sen "Barselona" tarixida ham jamoaviy, ham individual tarzda jiddiy yutuqlarga erishgan o'yinchilardan birisan. Sen jamoadan bu tarzda haydalishga loyiq emas eding. Ammo, meni hozirgi paytda hech nima ajablantirmayapti.
Senga yangi klubingda eng yaxshi tilaklarni tilayman. Tez orada ko'rishguncha, do'stim", - deb yozdi Leo o'zining instagram sahifasida.
Eslatib o'tamiz, urugvaylik forvard Madrid klubi bilan 2 yillik shartnomaga imzo chekdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar