Messi: "Oltin butsa" - butun jamoaning sovrini"
28 dek 2018 13:08
Yangiliklar
Messi: "Oltin butsa" - butun jamoaning sovrini"
- Bu yil faoliyatingizdagi beshinchi "Oltin butsa"ni qo'lga kiritdingiz. G'alaba qozonishdan charchamadingizmi?
- Bu men uchun qadrli sovrin. Ammo ushbu muvaffaqiyat butun jamoaniki. Darvozabon Samora (eng yaxshi posbon) sovrinini qo'lga kiritganda, bunda butun jamoaning xizmati bo'ladi, menda ham shunday. Yana g'olib bo'lganimdan xursandman.
- Sizda 5ta "Oltin to'p" va "Oltin butsa" bor. Sizga CHempionlar ligasidagi beshinchi g'alaba etishmayapti.
- Ha, turnirda g'olib chiqsak yaxshi bo'lardi. Har mavsum CHempionlar ligasida muvaffaqiyatga erishishni istaymiz. Bu ishni takrorlasak yaxshi bo'lardi.
- "Barselona" joriy mavsum CHempionlar ligasida yaxshi ishtirok etmoqda. Sizda o'zgacha xohish paydo bo'ldimi?
- CHLda chempion bo'lish istagi har yili bo'ladi. Bu unikal va men o'ynagan eng ajoyib turnir. Bu erda hammasi boshqacha va hammamiz unda zafar quchishni xohlaymiz" - deydi Messi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar