Messi joriy mavsumdagi eng yomon natijasini qayd etdi
21 fev 2018 12:02
Yangiliklar
Messi joriy mavsumdagi eng yomon natijasini qayd etdi
Malumotlarga ko'ra, agar futbolchining o'zgarishlarsiz o'tkazgan o'yinlarini hisobga olsak, bu argentinalik uchun eng yomon ko'rsatkich. Joriy mavsum Messi Ispaniya chempionatida har 90 daqiqada o'rtacha 5,6ta zarba bermoqda. CHempionlar ligasi guruh bosqichidagi ko'rsatkich esa 5,7 bo'lgan edi.
"Barselona" "CHelsi"ga qarshi bahsda 7 marta darvozaga zarba berdi (2tasi aniq). Bu Kataloniyaliklarning 2017 yil 14 fevraldan keyingi eng yomon natijasi. O'shanda "Barselona" PSJ darvozasiga xuddi shuncha aniq va noaniq zarba bergan, biroq 0:4 hisobida mag'lub bo'lgan.
"CHelsi" yarim himoyachisi Villian "Barselona" bilan bahsda aldab o'tish bo'yicha etakchi bo'ldi. Braziliyalik 12 marta bunga uringan bo'lsa, ularning 9tasi muvaffaqiyatli yakunlandi. Bu ko'rsatkich bo'yicha Messi ikkinchi o'rinda - 11ta aldashga urinish, ammo 4tasi amalga oshdi.
"Bavariya" joriy mavsum CHempionlar ligasida zarba berish bo'yicha birinchi o'ringa chiqib oldi. Myunxenliklar "Beshiktosh"ga qarshi uchrashuvda raqib darvozasi tomon 28 marta zarba berishdi. Endi ularning bir bahsdagi o'rtacha zarbalari soni 18,6taga etdi. Ikkinchi o'rinda "Liverpul" (18,1), uchinchida esa - "Real" (17,9).
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar