Messi Ispaniya Superkubogi finalini asosiy tarkibda boshlaydi
17 jan 2021 19:20
Yangiliklar
Messi Ispaniya Superkubogi finalini asosiy tarkibda boshlaydi
Bu haqda jurnalist Adria Albets xabar qilmoqda.
Manbaga ko'ra, “Barselona” sardori Lionel Messi Ispaniya Superkubogi doirasida bugun “Atletik”ga qarshi o'tadigan final uchrashuvini ilk daqiqalardan boshlaydi.
Avvalroq, kataloniyaliklar ustozi Ronald Kuman Messi bo'lajak bahsdagi ishtirok etishi yo etmasligini sog'lig'idan kelib chiqib, o'zi tanlashi haqida aytgandi. SHunday qilib, argentinalik o'ynashga qaror qildi.
Eslatib o'tamiz, Superkubok uchun bahs Toshkent vaqti bilan 18 yanvarga o'tar kechasi soat 01:00 da start oladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar