So’nggi yangiliklar

00:16Родриго Лондон клубига ўтадими?  0 23:10"Манчестер Юнайтед" Кеннет Айхгорнга қизиқиш билдирмоқда  1 22:25"Ливерпуль" ва "Ювентус" "Бавария" форварди учун курашмоқда  1 21:38"Барселона" Кейн учун 64,5 млн евро товон пули тўлашга тайёр. "Бавария" форварди Левандовскийнинг ўрнига идеал номзод сифатида кўрилмоқда  6 20:58U-21 биринчилиги. "Пахтакор" - чемпион!  3 20:36Эндрик учун янги даъвогар пайдо бўлди  2 19:55Криштиану Роналду қизини 8 ёши билан табриклади: "Даданг сени жуда яхши кўради ????"  3 19:34Карло Анчелотти: "Реал"да дуранг — бу инқирознинг бошланиши?"  2 18:15Жоан Лапорта: "Ламин Ямал — даҳо, дунёда ўз позициясида энг яхшиси, аммо ҳали чўққига етмаган"  8 17:48Тони Пулис: "ВАР кўрилиши икки дақиқадан ошмасин ва соф ўйин вақтини жорий этиш керак"  4 17:08U-19 чемпионати. Ярим финалда Тошкент ҳамда Қашқадарё дербиси бўлади  1 16:53Жереми Доку: "Арсенал" ёки бошқаларни кузатмаймиз. Агар "Ман Сити" яхши ўйнаса, биз билан рақобат қилиш қийин"  7 16:14Гвардиола ёзда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  3 15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  1 15:24"Футбол олами". "Нефтчи" чемпионликни Фарғонада нишонлаш имконига эга бўлди..."  6

Messi FIFA talqini bo'yicha ham eng yaxshi futbolchi deb topilishi kerak(mi?) Yangiliklar

Messi FIFA talqini bo'yicha ham eng yaxshi futbolchi deb topilishi kerak(mi?)

Dushanba kuni Cyurixda tantanali marosim bo'lib o'tadi, unda FIFA bir necha nominaciyalar bo'yicha yil mukofotlarini topshiradi. Eng hayajonlisi yilning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan mukofot sanaladi.

Mukofotga kim loyiq?

FIFAning eng yaxshi futbolchisi sovriniga davogarlarning yakuniy ro'yxatiga uch futbolchi - Lionel Messi, Robert Levandovski va Muhammad Saloh kiritildi. Asosiy kurash argentinalik va polshalik hujumchilar o'rtasida kechishi shubhasiz. Kuzda ular France Football jurnali tomonidan o'tkazilgan "Oltin to'p" mukofoti uchun kurash olib borishdi. Jurnalistlarning ovoz berish natijalariga ko'ra, Messi birinchi o'ringa loyiq deb topildi. Argentinalik futbolchiga faoliyatidagi ettinchi "Oltin to'p"ning taqdim etilishi mutaxassislar va muxlislar orasida katta shov-shuvga sabab bo'ldi. Ko'pchilik Levandovski mukofotga ko'proq loyiq ekanligiga ishongan va FIFA tomonidan o'tkaziladigan marosimda uning bosh mukofotga loyiq ko'rilishiga ishonishda davom etmoqda, ammo...


Mezonlar va qoidalar qanday?

Muammoni to'liq anglash uchun FIFA rasmiy veb-saytiga kiramiz va ovoz berish mezonlari haqida tanishamiz. Muhim jihati shundaki, mukofot 2021 yil doirasida emas, balki mavsum doirasida – 2020 yil 8-oktabrdan 2021 yil 7 avgustgacha erishilgan yutuqlar uchun beriladi. Avvalroq FIFA Evropa mavsumining ananaviy vaqtini – iyuldan iyulgacha qo'llagan edi, biroq pandemiya boshlanishi bilan mavsum vaqti vaqtincha o'zgardi va vaziyat ham boshqacha ko'rinish oldi. Bir yil oldin Robert Levandovski ishonchli tarzda sovrinni qo'lga kiritgan mavsumda (The Best FIFA Football Awards) FIFA 2019 yilning iyulidan 2020 yilning oktyabrigacha bo'lgan davr uchun mukofotni taqdim etgandi. Hozir FIFA yana mavsum vaqtiga chirmashib oldi.

Bu esa shuni anglatadiki, Lionel Messining "PSJ"dagi natijalari umuman inobatga olinmaydi.

Yanada aniqroq tushuncha beramiz. Mukofot nima uchun taqdim etiladi? FIFA saytiga murojaat qilamiz va guvohi bo'lamiz: "Mukofot o'yinchining natijalari va uning maydondagi va undan tashqaridagi umumiy xatti-harakatlari asosida beriladi".

Davom etamiz. Ovoz berishda kimlar ishtirok etadi? Ovoz beruvchilar to'rt guruhdan iborat: terma jamoalarning amaldagi murabbiylari, terma jamoalarning amaldagi sardorlari, jurnalist-ekspertlar hamda FIFA saytidagi muxlislar. To'rtta hakamlar hayati guruhining har biri bir xil ovoz berish imkoniyatiga ega ekanligi ko'rsatilgan. Ovoz berishda faqat bitta cheklov mavjud - jamoa sardorlari o'zlari uchun ovoz bera olmaydilar. Yani, Robert Levandovski va Lionel Messi o'zlarini kuchli uchlikka kirita olmaydi (har bir hakamlar hayati azosi o'yinchilarni uchinchi o'rindan birinchi o'ringacha tartibda ovoz beradi).


Sovrinni kim qo'lga kiritadi?

Keling, eng yaxshi uch finalchining 2020 yil 8 oktyabrdan 2021 yil 7 avgustgacha bo'lgan ko'rsatkichlariga nazar solaylik.

Muhammad Saloh: "Liverpul" tarkibida 51 o'yinda 31 gol va 6 golli uzatma, Misr termasi safida 2 o'yinda 2 gol urgan. Ushbu davr mobaynida 53 ta o'yinda 0 ta sariq va 0 ta qizil kartochka olgan.

Robert Levandovski: "Bavariya" tarkibida 40 o'yinda 48 gol va 9 golli uzatma, Bundesliga to'purari, Polsha safida 10 o'yinda 8 gol va 2 golli pas muallifi, 50 o'yinda 5 sariq va 0 qizil kartochka olgan.

"Bavariya" tarkibida Germaniya chempionligini qo'lga kiritdi, Polsha terma jamoasi bilan esa Evro-2020 guruh bosqichidan o'ta olmadi.

Lionel Messi: "Barselona" safida 47 o'yinda 38 gol va 14 golli uzatma, La Liganing eng yaxshi to'purari, Argentina safida 13 o'yinda 6 gol va 5 golli uzatma, Amerika kubogining eng yaxshi futbolchisi (turnirning eng yaxshi to'purarlaridan biri), ushbu davrda 60 ta o'yinda 6 ta sariq va 1 ta to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka olgan.

"Barselona" safida Ispaniya kubogini, Argentina bilan Amerika kubogini qo'lga kiritdi.

Ko'rib turganingizdek, obektiv ravishda sovrin Lionel Messiga berilishi kerak. Asosiy argument Amerika kubogi bo'lib, hujumchi finalda o'zini ko'rsata olmagan bo'lsa-da, turnirning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.

Biroq shuni unutmasligimiz kerakki, sovrinni kim qo'lga kiritishida ovoz beruvchilarning o'rni ham beqiyos. Keling, natija qanday bo'lishini kuzatamiz, buning uchun sabr qilish kerak.

Oqil Abdubarnoev tayyorladi

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика