Messi: "Faoliyatimni yakunlaganimdan so'ng, nima bilan shug'ullanishni, qaerda yashashimni bilmayman"
19 mar 2018 18:22
Yangiliklar
Messi: "Faoliyatimni yakunlaganimdan so'ng, nima bilan shug'ullanishni, qaerda yashashimni bilmayman"
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi faoliyatini yakunlaganidan so'ng nima qilishi haqida aytib berdi.
"Ko'pchilikning aytishicha, futbolchilar faoliyatini yakunlaganidan so'ng ularga qiyin bo'lar ekan. O'yinlar va mashg'ulot yo'qligiga ko'nikish og'ir. Nima bilan shug'ullanishni va qaerda yashashni bilmayman. Futbolchi sifatida erisha olmagan narsalarimga faoliyatimni yakunlaganimdan so'ng erishmoqchiman. Argentinada sodir bo'layotgan ishlarga qarash og'ir.
Rosarioga qaytib, shahardan rohat olmoqchiman, chunki juda erta Barselonaga ko'chib o'tganman, biroq havotirdaman. Avvallari bemalol ko'chada aylanishim mumkin edi, hozir esa buning iloji yo'q" - deydi Messi.
Fikrlar