Messi eng yomon seriyasini takrorladi
25 okt 2020 08:35
Yangiliklar
Messi eng yomon seriyasini takrorladi
“Barselona” hujumchisi Lionel Messi shanba oqshomida La Liga doirasida “Real”ga (1:3) qarshi kechagan bahsda raqib darvozasini ishg'ol eta olmadi.
Futbol statistikasi bo'yicha mutaxassis Pedro Martinning xabariga ko'ra, argentinalik futbolchi qatorasiga oltita el klassikoda gol ura olmadi va o'zining shaxsiy antirekordini takrorladi.
So'nggi marta Messi 2018 yilning 6 mayida “Real” darvozasini ishg'ol etgandi. O'sha bellashuv 2:2 hisobida yakunlangan. SHndan keyin futbolchi La Liga va Ispaniya kubogi doirasida “Real”ga qarshi oltita bellashuvda maydonga tushdi va birorta ham gol kirita olmadi.
Pedro Martinning yozishicha, Messi “Real”ga qarshi dastlabki 27 ta bellashuvda 21 ta gol urgan. Ammo so'nggi 17 bahsda u atigi 5 bor madridliklar darvozasini gol kirita olgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar