Messi: "Barselona" CHempionlar ligasida g'olib bo'lishga qodir"
04 sen 2018 11:07
Yangiliklar
Messi: "Barselona" CHempionlar ligasida g'olib bo'lishga qodir"
"Barselona" hujumchisi Lionel Messining fikricha, Kataloniya klubi joriy mavsum CHempionlar ligasida g'alaba qozonishi mumkin.
"CHempionlar ligasida yaxshiroq natija ko'rsatishimiz kerak, chunki ketma-ket uch yil turnirni chorak final bosqichida tark etdik, o'tgan mavsumdagi omadsizlik esa eng yomoni bo'ldi. Biz bu turnirda g'alaba qozonmoqchimiz, bunga qodirmiz.
Yillar o'tishi bilan ishtirokchilar tarkibi tenglashib bormoqda, klublar futbolchilar xaridi uchun ko'p sarflayapti. Men Manchester klublari, "CHelsi", "Real", PSJ va bir nechta Italiya jamoalari haqida gapiryapman" - deydi Messi.
O'tgan mavsum kataloniyaliklar chorak finalda "Roma"ga mag'lub bo'lishdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Реал Мадрид". Ҳусанов жавоб ўйинини бошланғич таркибда бошлайди!
Fikrlar