So’nggi yangiliklar

07:31Ўткир Юсуповнинг "Фулад"даги тақдири маълум бўлди  1 02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дунёни асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  4 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  46 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2

"Menga hech kim ket demadi. Natija bo'lmaganligida o'zimni kechira olmayapman. Futbolchilardan iltimos... " Murod Ismoilovning "Turon"dagi taqidiri nima bo'ldi? Yangiliklar

"Menga hech kim ket demadi. Natija bo'lmaganligida o'zimni kechira olmayapman. Futbolchilardan iltimos... " Murod Ismoilovning "Turon"dagi taqidiri nima bo'ldi?

Bir necha daqiqa oldin saytimiz orqali "Turon" o'rinbosarlar jamoasi bosh murabbiyi, o'tgan yildan beri klubda faoliyat olib borayotgani haqida xabar bergan edik.

 Biz barchasiga aniqlik kiritish maqsadida murabbiy bilan bog'landik va fikrlari bilan qiziqdik.


"Turon"dagi katta maqsadlar, yaxshi niyatlar va amalga oshirilgan ishlar haqida 

"O'tgan yili  "Turon"ning loyihasini ko'rib, yosh jamoada yosh murabbiy bo'lgani uchun yordam berish fikri tug'ilgandi. Klub rahbariyati bilan gaplashib istagimni bildirgandim. Natijada ishga kirishib ketdik. Amalda vazifa bajarildi, Superliga yo'llanmasi qo'lga kiritildi. Bir narsani aniq aytishim kerak, vazifa bajarilgach tez fursatda jamoaga saviyasi balandroq futbolchilarni jalb qilish kerak edi. Jamoa deyarli 60-70 foiz yangilandi. Bir tomondan baza qurilishi, stadionning qarama-qarshi tomoniga tribuna o'rnatish, stadion yoritgichlarini yaxshilash ishlari olib borildi. SHu qatorda yoshlar jamoasini shakllantirish kabi juda ko'p talablarni birdaniga bajarishga to'g'ri kelib qoldi

Jamoa mavsum startida ham yangi futbolchilar bilan shartnoma borasida ish olib bordi. Kvame Karikari, Dayan Ponevich, Sinisha Babich, Kim Bo Yong, Vladislav Kasminin qishki transferlar oynasining so'nggi kunlarida kelib qo'shildi. Katta umidlar bilan olingan Fozil Musaev, Umarjon SHaripov jarohatlar girdobiga tushib qolgan edi. SHuningdek Javohir Sohibov ham. Xullas  "Turon" yosh klub bo'lsada, vaziyatdan alo darajada chiqib ketdik",- deydi Murod Ismoilov.


Natija bo'lmagach murabbiy nimadir o'ylab topishi kerak

"Rahbariyat Superliga saviyasidan ham alo darajada etibor qaratdi. Jamoa shuncha noqulay vaziyatga qaramasdan yomon o'yin ko'rsatgani yo'q. Faqat g'alaba qozona olmadi. Natija bo'lmagach bunday pallada murabbiy nimadir qilishi kerak. Ismobek Ismoilov istefo berganini to'g'ri, deb bilaman. CHunki Islombek uchun klubning taqdiri birinchi o'rinda turadi. Men esa ko'proq o'tgan yili jamoaga yordam berdim. Mavsum yakuniga etgach o'rinbosarlar jamoasini shakllantirishga kirishdim. 500 dan ziyod yoshlar ko'rikdan o'tkazildi. Ulardan 20 nafarini tanlab oldik. Deyarli yangi jamoa shakllantirdim. Hozirda o'rinbosarlarimiz yaxshi o'ynashmoqda. Tanlab olgan bolalarimizdan ikki nafari asosiy jamoa bilan shug'ullanishmoqda. Ular o'z ustilarida ishlasa, inshaallox "Turon"ning eng oldi futbolchilari bo'la oladi",- deydi murabbiy. 


Murod Ismoilov nima uchun  "Turon"dan ketdi? 

"Aslida bosh murabbiy ketsa, uning yordamchisi ham ketishi kerak. Hozir davr boshqami, bilmadim. Rahbarlar bilan gaplashganim yo'q. SHunchaki hozir uydaman. Asablarimni charxlamoqdaman. Hech kim menga ket degani yo'q. Qaytanga shunday mehr va etibor ko'rsatishdiki, odam hijolat bo'ladi. Natija bo'lmaganligida o'zimni kechira olmayapman-da. Tasir qilishim kerak edi",- deydi Murod Ismoilov.


Murabbiyning keyingi rejalari qanday ? 

"Keyingi reja yo'q. Reja faqat futbol.  "Turon"ning muxlislari tilla.  "Qizilqum" bilan o'yinda ularning orasida o'tirdim. Yaypandagi o'yingohda fayz bor. Futbolchilardan iltimos, shu fayzni yo'qotmaylik",- deydi murabbiy.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика